Giovanni Pierluigi da Palestrina

Palestrina (Ralestrina), Jovanni Pyerluiji da Palestrina (taxminan 1525, Rim yaqinidagi Palestrina shahri — 1594.2.2, Rim) — italyan kompozitori, Rim polifonik maktabi asoschisi, Uygʻonish davri musikasining yirik namoyandasi. 1544—51 yillari Palestrina shahridagi cherkov xor kapellasida organchi va kapelmeyster, soʻngra Rim kapellalarining mu-siqa rahbari. Ijodi asosini diniy xor asarlari tashkil etadi (jami 100 dan ortiq messa, 180 ga yaqin motet, oʻnlab madrigallar, magnifikatlar va boshqalar). Koʻp ovozli vokal musikaning mumtoz namunalarini yaratgan. Musiqa uslubiga polifoniya va garmoniya vositalarining oʻzaro uygʻunligi, orombaxsh kuylar ravonligi, mushohadali va samimiy obrazlarning ichki muvozanati xos.