Gippokrat (Hippokrates), xi oslik Gippokrat (mil. av. 5-asrning 2-yarmi) — yunon matematigi; geometriyadan birinchi izchil qoʻllanma muallifi. Bu qoʻllanma, chamasi, Yevklid, "Negizlar"ining dastlabki 4 kitobi mazmunini oʻz ichiga olgan. Doira kvadraturasi masalasini xal etish uchun u uchta oycha (qarang Gippokrat oychalari) kvadraturasi masalasini yechgan. G. bir masalani yechishni ikkinchi qulayroq masalani yechish bilan almashtirish usuli asoschisi hisoblanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil