Glikollar (yun. glykys — shirin), alkandiollar, ikki atomli spirtlar — alifatik qatorning umumiy formulasi SpN2p(ON)2 boʻlgan qoʻsh gidroksil guruhli organik birikmalar. Eng oddiy vakili etilenglikol NOSN2—SN2ON. Tu-ban G. — suv va spirtda yaxshi eriydigan rangsiz qovushqoq suyukliklar, yuqori G. — spirt va efirda yaxshi, suvda yomon eriydigan qattiq moddalar.

G. kimyoviy xossalari jihatdan bir atomli spirtlarga oʻxshaydi. G. ishkrriy metallar va ularning gidroksidlari bilan glikolyatlar, bir asosli karbon kislotalar, ularning angidridlari yoki xlorangidridlari bilan murakkab mono- va diefirlar, ikki asosli kislotalar va ularning hosilalari bilan murakkab poliefirlar, quyi molekulyar ikki asosli kislotalar va ularning efirlari bilan siklik birikmalar hosil qiladi. G. tegishli digalogenidlarni yoki xlorgidrinlarni gidroliz qilib, 1,2-G. esa tegishli epoksid yoki olefinlardan gidratatsiya usulida olinadi. Yuksak G.ning murakkab efirlari erituvchilar va plastifikatorlar sifatida ishlatiladi. Ular antifrizlar, gidravlik suyuqliklar olishda, G. efirlari sintezida, poliefir smolalar i.ch.da qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil