Goʻsht — qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; soʻyilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. G. inson isteʼmol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi.[1] G.ning tuzilishi va taʼmi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bogʻliq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qoʻy, ot goʻshti va boshqalarga ajratiladi. Qoramol, qoʻy, echki G.i sifati va semizligiga qarab birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi. G. mushak toʻqimalarining kimyoviy tarkibi (%): suv 72—75, oqsil 18—22, yogʻ va yogʻsimon moddalar 0,5—3,5, azotli ekstrativ moddalar 1 — 1,7, uglevodlar 0,7—1,4, mineral moddalar 0,8—1,8. G.ning sifat jihatdan eng muhim qismi mushak toʻqimalari hisoblanadi. G.da uning miqdori 40—70% ga boradi. Mushaklar oqsillarida hayotiy zarur aminokislotalar bor. Mushak tolalaridagi mioglobin oqsili G.ga qizil tus beradi. G.ning isteʼmol qilinadigan qismining mineral tarkibi (mg%): fosfor 180—230, kaliy 200— 300, kalsiy 7—15, magniy 17—25, temir 1,5—3,0 va boshqa G. tarkibida yana turli xil kislotalar, vitaminlar (RR, V,, V2, Ye va boshqalar) boʻladi. G.ning saqlanish muddatini uzaytirish uchun muzlatiladi, tuzlanadi, dudlanadi (qarang Goʻsht sanoati).

Talʼat Akmalxonov.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Ayyıldız, Esat. “Klasik Arap Edebiyatında Et Motifi”. International Malatya Gastronomy Culture and Tourism Conference. ed. Aynur Ismayilova – Gunay Rzayeva. 19-24. Malatya: IKSAD Publishing House, 2022.