Google Earth

Google tomonidan ishlab chiqilgan virtual xarita dasturi

Google Earth — bu asosan sunʼiy yoʻldosh tasvirlari asosida Yerning 3D tasvirini koʻrsatadigan kompyuter dasturi . Dastur sunʼiy yoʻldosh tasvirlari, aerofotografiya va GAT maʼlumotlarini 3D globusga joylashtirish orqali Yer xaritasini tuzadi, bu esa foydalanuvchilarga shaharlar va landshaftlarni turli burchaklardan koʻrish imkonini beradi. Foydalanuvchilar manzillar va koordinatalarni kiritish yoki klaviatura yoki sichqoncha yordamida „dunyoni kashf qilishlari“ mumkin. Dasturni smartfon yoki planshetga ham yuklab olish mumkin. Foydalanuvchilar Keyhole Markup Language yordamida maʼlumotlar qoʻshish va ularni forumlar yoki bloglar kabi turli manbalar orqali yuklash uchun dasturdan foydalanishlari mumkin. Google Earth yer yuzasida qoplangan turli xil tasvirlarni koʻrsatadi. Shuningdek, ushbu dastur, Web Map Service mijozidir. 2019-yilda Google hozirda Google Earth dunyoning 97 foizdan ortig‘ini qamrab olgani va 10 million milyalik „Ko‘cha ko‘rinishi“ tasvirini olganini maʼlum qildi[2].

Google Earth (tarjimasi „Google Yer“)
MuallifKeyhole, Inc.
Ishlab chiqaruvchiGoogle
Chiqish sanasi10-iyun, 2001-yil (22 yil avval) (2001-06-10)
Operatsion sistema
Til(lar)Various
JanrVirtual globus
LitsenziyaBepul dastur
Vebsayt:earth.google.com/web/
Dasturlash tili:C++

Yer navigatsiyasidan tashqari, Google Earth desktop ilovasi orqali bir qator boshqa vositalarni, jumladan masofani o'lchash vositasini taqdim etadi. Oy va Mars globuslari, shuningdek, tungi osmonni ko'rish kabi imkoniyatlari mavjud. Parvoz simulyatori o'yini ham kiritilgan. Boshqa funksiyalar foydalanuvchilarga Panoramioga yuklangan turli joylardan suratlar, baʼzi joylarda Vikipediya tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va Koʻcha koʻrinishi tasvirlarini koʻrish imkonini beradi. Shuningdek, Google Earthning veb-versiyasida Voyager ham mavjud.

Google Earth ba'zilar tomonidan maxfiylik va milliy xavfsizlikka tahdid sifatida ko'rilgan. Shuning uchun bu dastur ko'plab mamlakatlarda taqiqlangan[3]. Ba'zi davlatlar Google sun'iy yo'ldosh tasvirlarida ma'lum hududlarni, koʻpincha harbiy obyektlarni o'z ichiga olgan hududlarni yashirishni so'ragan.

Tarixi tahrir

Google Earthning asosiy texnologiyasi 1990-yillarning oxirida Intrinsic Graphics-da ishlab chiqilgan. O'sha paytda kompaniya 3D o'yin dasturlari kutubxonalarini ishlab chiqayotgan edi[4]. O'zlarining 3D dasturiy ta'minotining namoyishi sifatida ular Powers of Ten filmiga o'xshash aylanadigan globusni ishlab chiqqanlar [4]. Demo ommabop edi, lekin Intrinsic kengashi o'yinga e'tibor qaratishni xohladi, shuning uchun 1999-yilda ular Jon Xanke boshchiligidagi Keyhole, Inc.ni yaratdilar[4]. Keyhole keyin internet orqali xaritalash maʼlumotlarining katta maʼlumotlar bazalarini texnologiyaning asosiy qismi boʻlgan mijoz dasturiy taʼminotiga uzatish usulini ishlab chiqdi[5] va hukumatlar va boshqa manbalardan xaritalash maʼlumotlarining quroq ishlarini oldi[4]. "Keyhole EarthViewer" deb nomlangan mahsulot ko'chmas mulk, shaharsozlik, mudofaa va razvedka kabi sohalarda foydalanish uchun kompakt disklarda sotilgan. Uning foydalanuvchilari xizmat uchun yillik to'lovni to'lashardi[5]. Nvidia va Sony bilan bir qator kapital shartnomalar tuzishiga qaramay[5], kichik kompaniya xodimlarga maosh to'lash va ushlab qolish uchun kurash olib bordi[4].

Kompaniyaning taqdiri 2003-yil boshida, 2003-yilda Iroqqa bostirib kirishi paytida keskin oʻzgardi. Dave Lorenzini (Keyhole direktori) CNN, ABC, CBS va boshqa yirik yangiliklar tarmoqlarini efirga havola qilish evaziga Bag'doddagi tadbirlarni tasvirlash uchun o'zlarining murakkab 3D uchish tasvirlaridan foydalanishga undadi[5][4]. Bosqin paytida Google Earth Miles O'Brien va boshqa efirga uzatuvchilar tomonidan keng foydalanildi. Dastur CNN va millionlab tomoshabinlarga urushdagi vaziyatni ilgari hech qachon ko'rilmagan tarzda kuzatish imkonini berdi[5][4]. Dasturiy ta'minotga jamoatchilik qiziqishi ortib ketdi va Keyhole serverlari esa bu talabga javob bera olmadi[5][4]. Tez orada Keyholega Markaziy razvedka boshqarmasining venchur kapital firmasi In-Q-Tel[6] va Milliy geofazoviy-razvedka agentligi[7] Keyhole dasturiy ta'minotidan harbiy xaritalash ma'lumotlar bazalari uchun foydalanish boʻyicha murojaat qilishdi. Taklif qabul qilindi va bu Keyhole uchun juda zarur investitsiya keltirdi[4]. 2003-yilda Vicarious Visions Intrinsic Graphicsni sotib oldi. Ularning o'yin kutubxonalari sotuvi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so'ng, muhandislari va menejerlarining asosiy guruhi John Hanke boshchiligida Keyholega o'tdi[4].

Google o'sha paytda qidiruvlarining 25% dan ortig'i geografiya va shunga oʻxshash sohalarga doir boʻlganligi aniqladi[4]. 2004-yil oktyabr oyida Google oʻz foydalanuvchilariga yaxshiroq xizmat koʻrsatish strategiyasining bir qismi sifatida Keyhole’ni sotib oldi[8].

2021-yilda Google o'zining Google Earth dasturida qatlamlar funksiyasini yangisiga almashtirdi[9]. Ushbu almashtirish ayrim qatlamlarni birlashtirdi. Lekin shu qatori ba'zi qatlamlar va xususiyatlarni ham olib tashlandi[10].

Tasvirlari tahrir

Google Earth tasvirlari raqamli globusda aks ettirilgan bo'lib, u uzoq masofadan bitta kompozitsion tasvir yordamida sayyora yuzasini aks ettiradi. Tasvir sun'iy yo'ldosh yoki samolyotdan olinadi[11]. NASA va USGSning Landsat 8 sun'iy yo'ldoshi ishga tushirilishidan oldin Google qisman Landsat 7 tasvirlariga tayangan. Ammo apparatdagi nosozlik tufayli tasvirlarda diagonal bo'shliqlar qolib ketgan[12]. 2013-yilda Google muammoni hal qilish uchun data miningdan foydalangan va Yerning The Blue Marble tasvirining davomchisi sifatida tasvirlangan narsani butun sayyoraning yagona katta tasviri bilan taʼminlagan. Bunga Landsat 7-dan olingan bir nechta tasvirlar toʻplamini birlashtirib, bulutlar va diagonal boʻshliqlarni bartaraf etish orqali erishildi va yagona “mozaik” tasvir yaratildi[13]. Hozirda Google tasvirlarni yuqori sifatda va yuqori chastotada taqdim etish uchun son-sanoqsiz manbalardan foydalanadi[14]. Tasvirlar Google serverlarida joylashtirilgan, shuning uchun internet aloqasi talab qilinadi.

Tasvirning o'lchamlari 15 metrdan 15 santimetrgacha farq qilishi mumkin. Yer yuzasining katta qismi uchun Google Earth NASAning Shuttle Radar Topography Mission tomonidan toʻplangan raqamli balandlik modeli maʼlumotlaridan foydalanadi[15]. Bu orqali ikki o'lchovli tasvirni ham uch o'lchamli holatga aylantirish imkonini beradi.

Google Earthdagi barcha tasvir Amerika Qo'shma Shtatlari Mualliflik huquqi to'g'risidagi qonunlariga muvofiq mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Google mualliflik huquqlarini buzmagan holda rasmlardan notijoratiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat beradi (masalan, shaxsiy veb-sayt yoki blogda)[16]. NASAning WorldWind virtual globus dasturi tasvirlarni The Blue Marble, Landsat va USGS tasvirlari yordamida hosil qiladi. Va ularning har biri jamoat mulki hisoblanadi.

Google Earthning 5.0 versiyasida Google foydalanuvchilarga Yer tasvirlarining eski, ma'lum vaqt oldingi ko`rinishini taqdim qiluvchi Tarixiy Tasvirlarni taqdim etdi. Asboblar panelidagi soat belgisini bosish orqali vaqt slayderi ochiladi. Bu xususiyat 1984-yildan 2020-yilgacha bo`lgan vaqt oralig`ida hududdagi o'zgarishlarni kuzatish imkonini beradi[17][18].

3D tasvirlar tahrir

 
2022-yil may holatiga koʻra Google Earth’da 3D qamroviga ega mamlakatlar:
  3D qamroviga ega boʻlgan mamlakatlar (50, shu jumladan Hong Kong va Macau)
  Avval 3D qamroviga ega boʻlgan mamlakatlar
  3D qamroviga ega boʻlmagan mamlakatlar
]]

Google Earth ba'zi shaharlardagi binolar, inshootlar va yodgorliklarning 3D modellarini yuqori sifatda ko‘rsatish imkoniyatiga ega[19]. Google Earthdagi birinchi 3D binolar SketchUp va 2009-yildan boshlab Building Maker[20] kabi 3D modellash ilovalari yordamida yaratilgan va 3D Warehouse orqali Google Earthga yuklangan. 2012-yil iyun oyida Google foydalanuvchi tomonidan yaratilgan 3D qurilish modellarini avtomatik ravishda yaratilgan koʻpburchak toʻrlarga asoslangan modellarga almashtirishini eʼlon qildi[21]. Bu yirik shaharlardan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Ammo London va Toronto kabi shaharlarda bu ishamalga oshirilmadi ( ushbu shahardagi ko`plab binolarining batafsil tasvirini qayta ishlash uchun ko'proq vaqt talab etiladi). Buning sababi, 3D binolarda ko'proq bir xillikka ega bo'lish va bu texnologiyadan allaqachon foydalangan Nokia Here va Apple Maps bilan raqobatlashishdir. O'sha yili to'rtta davlatning 21 shahrida 3Dlashtirish boshlandi[22]. 2016-yil boshiga kelib, 3D tasvirlar 40 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, AQShning har bir shtatida va Antarktidadan tashqari barcha qit'alarni qamrab olgan yuzlab shaharlarga kengaytirildi.

Manbalar tahrir

  1. „Install & uninstall Google Earth Pro“. Google Earth Help. 2023-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-yanvar.
  2. „Google reveals just how much of the world it's mapped with Street View and Earth“ (en). www.theverge.com (2019-yil 13-dekabr). 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.
  3. „US general claims Google Earth is a risk to security“ (en). IT PRO (2007-yil 22-iyun). 2022-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 Bill Kilday. Never Lost Again: The Google Mapping Revolution That Sparked New Industries and Augmented Our Reality. HarperBusiness, 2018. ISBN 978-0062673046. 
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Kevin Manney. „Tiny tech company awes viewers“. USA Today (2003-yil 21-mart). 2012-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.
  6. „Meet The CIA's Venture Capitalist“. Bloomberg Businessweek. June 5, 2013da asl nusxadan arxivlandi.
  7. „Oakland emails give another glimpse into the Google-Military-Surveillance Complex“. PandoDaily (2014-yil 7-mart). 2016-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
  8. „Google Acquires Keyhole“. Wall Street Journal (2004-yil 27-oktyabr). 2017-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-dekabr.
  9. Staff. „New layers set in Google Earth Pro!“. Google Earth Help (2021-yil 20-iyul). 2021-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-noyabr.
  10. „County boundaries and other information missing from new Borders and Labels layer“. Google Earth Help (2021-yil 4-sentyabr). 2021-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-noyabr.
  11. „How images are collected“. 2017-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-avgust.
  12. „SLC-off Products: Background“. United States Geological Survey. 2017-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-avgust.
  13. „Only clear skies on Google Maps and Earth“ (2013-yil 26-iyun). 2017-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-avgust.
  14. „Google Earth and Maps get sharper satellite imagery with new update“. Tech Crunch (2016-yil 27-iyun). 2017-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-avgust.
  15. Farr, Tom G.; Rosen, Paul A.; Caro, Edward; Crippen, Robert; Duren, Riley; Hensley, Scott; Kobrick, Michael; Paller, Mimi et al. (2007). "The Shuttle Radar Topography Mission". Reviews of Geophysics 45 (2): RG2004. doi:10.1029/2005RG000183. 
  16. „Can I post images to the web?“. Google Earth Help Center. 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 20-yanvar.
  17. „Dive into New Google Earth“. 2009-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-fevral.
  18. “Timelapse.”
  19. Gopal Shah, Google Earth’s Incredible 3D Imagery, Explained Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh., April 18, 2017
  20. „Introducing Google Building Maker“. 2016-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.
  21. „Explore the world with tour guide and 3D imagery in Google Earth 7“. Google LatLong Blog. 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.
  22. „Google Earth adds new 3D imagery in 21 cities to its 11,000 guided tours of our planet“ (2012-yil noyabr). 2019-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.