Gorakhpur — Hindistondagi shahar. Rapti daryosi boʻyida. Uttar-Pradesh shtatida. Aholisi 550 ming kishi chamasida (1990-yillar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Yirikt.y. ustaxonalari, yirik shakar-qand zavodlari, jut f-kasi bor. Kimyo sanoati (mineral oʻgʻit va kislota i. ch.) rivojlangan. Toʻqish hunarmandchiligi bilan qadimdan mashhur. Un-t (1957) bor. Aholisining ancha qismi qishloq xoʻjaligida ishlaydi. G. Angliya hukmronligi davrida ingliz mustamlakachi armiyasi uchun Nepaldan gurkh jangchilarini yollash markazi edi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil