Gorelka (ruscha) — gaz, koʻmir kukuni, mazut va b.ni kislorod (havo) bilan aralashtirib yoqish uchun moʻljallangan moslama. Xonadonlar va umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladigan gaz plitasi G.si, lab. gaz G.si, qirqish, payvandlash, bugʻ qozonlari va pech G.lari boʻladi. Lab. gaz G.si lab.da tajribalar oʻtkazish; qirqish G.si metall va qotishmalarni kislorod alangasida qirqish uchun qoʻllaniladi. Payvandlash G.lari injektorli va injektorsiz boʻlib, metall trubalar va konstruksiyalarni payvandlashda ishlatiladi. Bugʻ qozonlarida 8—10 ta va undan koʻp G. boʻladi. Ular oʻchoq kamerasiga oʻrnatiladi. Pech G.lari, baʼzan, oʻtga chidamli gʻishtlardan yasaladi (mas, marten pechida shunday G. ishlatilgan).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil