Gorlovka — Ukrainaning Donesk viloyatidagi shahar (1932-yildan). Temir yoʻl tuguni. Donesk sh.dan 53 km shim.sharqda. Aholisi 316 ming kishi (1997). Toshkoʻmir, mashinasozlik, kimyo, koks kimyosi, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, simob kombinati, tarix muzeyi, badiiy muzey, chet tillari ped. instituti bor. Gorlovkaga 1867-yil asos solingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil