Graffitlar (ital. graffi to — tirnalgan) — imoratlarning devorlari va idishlar sirtiga tirnash yoʻli bilan chizilgan qad. yozuvlar, naqsh va suratlar. G. qad. odamlarning kasbi, qiziqishlari, sanʼati, turmushi xususiyatlari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarni saqlab qolgan. G. qad. qabilalarning jonli tilini bilishga imkon beradi. U paleografiya fanini yangi maʼlumotlar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyoning qadimda aholi yashagan manzilgohlaridan topilgan G. ham ajdodlarimizning koʻhna madaniyati va yozuv namunalarini oʻrganishda manba boʻlib xizmat qilmoqda.

Braziliyaning San-Paulu shahridagi graffitlar.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil