Granodiorit — intruziv nordon togʻ jinsi. Mineral tarkibi kvarsli diorit bilan normal granitlar oraligʻida. G. tarkibida kvars, kaliyli dala shpati, plagioklaz va rangli minerallar boʻladi. G.da granit tarkibidagi hamma aksessor minerallar uchraydi, ammo titanit koʻproq. Zichligi 2700— 2900 kg/m3. Strukturasi toʻla kristallangan va porfirsimon. Teksturasi massiv. Porfirsimon G. Kurama, Nurota, Boʻkantov, Quljuqtov, Ovminzatov, Tomdi togʻlarida bor. Qurilishda, qoplama bezak sifatida keng ishlatiladi. Toshkentda Mustaqillik maydonidagi favvora atrofi, yer osti yoʻllarini qurishda G.dan foydalanilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil