Grek-turk urushi (1919—1922) — Gresiyaning Turkiyaga qilgan urushi. Antanta davlatlari Gresiyani qoʻllabquvvatlagan. G.-T. u. turk xalqining chet el bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik harakatiga aylanib ketgan. Grek qoʻshinlarining son jihatdan ustunligi, texnik jihatdan mukammal qurollanganligiga qaramay, turk qoʻshinlari ularni bir necha marta (1921-yil 10-yanvar va 31-martda Inyonyuda, 1921-yil 23-avgust — 13 sentabrda Sakaryada, 1922-yil 30-avgustda Dumlupinarda) magʻlubiyatga uchratgan va 1922-yil 18 sent.ga kelib Anadolu hududini ozod qilishgan.

Batı anadolu yakılan kasabalar.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil