Grifon, grif (fransuzcha: griffon, lotincha: gryphus, gryps) – qadimgi afsonalardagi burgut boshli va sher tanasiga ega afsonaviy maxluq. Grifon tasviri qadimgi dunyo sanʼati (meʼmorlik, rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat) da keng tarqalgan. Keyingi davrlar sanʼatida bezak (muhr, tamgʻa) sifatida koʻp ishlatilgan. Shu bilan birga afsoniy asarlarda majoziy maʼnoda boylik va shon-shuhrat olib keluvchi jonzot sifatida tasvirlangan.

Adabiyotlar tahrir