Edvard Hagerup Grieg (talaffuzi: Grig; 1843.15.6 - Bergen - 1907.4.9) -norveg kompozitori, pianinochi, dirijyor, norveg milliy musiqa maktabi asoschisi. Leypsig konservatoriyasini tamomlagan (1862). G.ning ijodiy faoliyati Norvegiya milliy yemadaniyati yuksalishi davrida shakllangan. U Kristianiya (hoz. Oslo sh.)da Musiqa akademiyasini (1867) va Musiqa jamiyati (hoz. Filarmoniya, 1871) ni tashkil etgan. Pianinochi va dirijyor sifatida Yevropa mamlakatlarida konsert berib, milliy kompozitorlar asarlarini targʻib etgan. G. xalq kuylarini toʻplab, koʻplarini qayta ishlagan ("Norveg raqslari", "25 ta xalq raqs va qoʻshigʻi" va b.). G. ijodida Norvegiya tabiati, xalq hayoti lavhalari nozik did bilan ifodalangan. Koʻpchilik asarlari kamer janrlarida: fortepiano pyesalari ("Xalq hayoti manzaralari", 10 daftardan iborat "Lirik pyesalar" va b.), violonchel bilan fortepiano, skripka bilan fortepiano (3 ta) va fortepiano uchun sonatalar, norveg, daniya va nemis shoirlari sheʼrlariga yozilgan romans va qoʻshiqlar (150 tadan ziyod), torli kvartet, kvintet va b. Eng yaxshi orkestr asarlari teatr bilan bogʻlangan (Ibsenning "Per Pont" pyesasiga 2 ta syuita, 1875; Byornsonning "Sigurd salibchi" dramasiga musiqa, 1892). Fortepiano va orkestr uchun konserti (1868), "Xolberg zamonidan" syuitasi (1885), "Simfonik raqslar"i (1898) mashhur. Shvesiya va Leyden musika akademiyalari (1872, 1883), Parij va Berlin sanʼat akademiyalari (1889, 1897) aʼzosi, Kembrij va Oksford universitetlarining musiqa doktori (1893, 1906). Oʻzbekistonda fortepiano va orkestr uchun konserti, "Per Gyung" syuitasi va kamer asarlari ijro etilmoqda.[4]

Edvard Grieg
Tavalludi 15-iyun 1843[1][2][3]
Vafoti 4-sentyabr 1907[1][2][3]
Fuqaroligi Norvegiya
Onasi Gesine Hagerup

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil