GRIMALDI (Grimaldi) Franchesko Mariya (1618.2.4 — Bolonya — 1663.28.12) — italyan fizigi va astronomi. Yorugʻlik difraksiyasini kashf qilgan (1665-yilda eʼlon qilgan). Iyezuit J. B. Richolli bilan hamkorlikda Oy haritasini tuzgan. Geliotsentrik sistemaga qarshi boʻlgan. Richollining N. Kopernikkya qarshi qaratilgan traktatini tuzishda qatnashgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil