Grizayl (frans. grisaille, gris soʻzidan — kulrang) — biror-bir rang (qora, jigarrang, koʻk, koʻpincha kulrang)ning nozik tuslanishi (ochdan toʻq tusga oʻtishi) hisobiga yaratiladigan asar; bezak rassomligi turi. 17-asrdan qoʻllaniladi, klassitsizm uslubidagi binoning ichki bezaklarida haykaltaroshlik relyeflariga taqlid sifatida keng tarqalgan. Shuningdek, tasvirning boʻrtmali koʻrinishi tasavvuriga erishilgan bir rangli emal (kulrang, jigarrang, pushti rang) bilan ishlangan hamda zarhallangan rasmlar ham G. deb ataladi. Oʻzbek tasviriy va amaliy bezak sanʼatida ham G. uslubida asarlar yaratilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil