Groningen — Niderlandiya shim,-sharqidagi shahar. Groningen provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 170 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oxiri). Mamlakatning shim.-sharqiy rnining savdo-transport, madaniy markazi. Bir necha kanallar kesishgan yerdagi port. Shakarqand, kimyo, tikuvchilik, radioelektronika, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet (1614) bor. Shahar 11-asrdan maʼlum. Gotika cherkovi va 15 — 18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Shahar yaqinida yirik gaz koni (dastlabki zaxirasi 1960 mlrd. m3) ochilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil