Halim Rafikovich Latipov, fizika-matematika fanlari doktori, professor. H.R. Latipov differensial tenglamalar hisob nazariyasi va uning qoʻllanishi sohasidagi yirik oʻzbek olimi. U tomondan 225 dan ortiq ilmiy va ilmiy-metodik qoʻllanmalar yaratilgan. Shulardan 11 monografiya va 7 ta darslik. Uning koʻpgina ilmish ishlari Germaniya (Olmoniya), Gollandiya, Polsha, Chexiya, Vengriya, Rossiya va Xitoy singari davlatlar ilmiy majmualarida chop etilgan. Professor Latipov 40 yildan ortiq vaqt davomida Toshkent Davlat Texnika Universitetining «Oliy Matematika» kafedra mudiri boʻlib faoliyat yuritdi va hozirga qadar oʻsha oliygohda maʼruzalar qiladi. H.R.Latipov Oliy maktab aʼlochisi va 2002-yili «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.