Hamal (arab.) — Zodiak yulduz turqumlaridan biri. Belgisi u. Bahorgi tengkunlik nuqtasi shu belgi bilan belgilanadi. Osmonning Shimoliy yarim sharida Persey, Uchburchak, Hut, Kit yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekistonda yoz, kuz va qish oylarida koʻrinadi.