Hamdam Usmonovich Usmonov (1916.16.10 Toshkent 1994.5.7) - kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966). Kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1937). Urush qatnashchisi (1941—45). Universitet fizik kimyo kafedrasi dotsenti (1946—54), laboratoriya mudiri (1954—73). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti direktori (1952 — 56), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Usimlik moddalari kimyosi instituti direktori (1956—59), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi instituti direktori (1959—62). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi va kimyo fanlari boʻlimi akad.kotibi (1962—64). Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy tadqiqot instituta direktori va laboratoriya mudiri (1963—82), bosh maslahatchi (1982-yildan). Ilmiy ishlari sellyuloza kimyosi va fizikasi, paxta tolasi, linti, chiqindilari va ftorpolimerlarni oʻrganishga oid.

U. rahbarligida paxta sellyulozasi olishning jahon standartlari talablariga javob beradigan bir qancha texnologik tizimlari ishlab chiqilgan. Gʻijimlanmaydigan gazmol ishlab chiqarish texnologiyasi, tibbiyot polimerlari, ftorli polimerlar va boshqa amaliyotga joriy qilingan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1977).

Manbalar tahrir

  • Elektronnaya T., 1962; Perspektivi ximicheskoy pererabotki otxodov xlopkovodstva (v soavtorstve), M., 1964; Svetovaya i elektronnaya mikroskopiya strukturnix prevrasheniy xlopka (v soavtorstve), T., 1974; Nadmolekulyarnaya struktura gidratsellyuloznix volokon ( v soavtorstve), T., 1974.

Adabiyot tahrir

  • Axmerov K,., Oʻzbekiston kimyogarlari, T., 1974; Hamdam Usmonovich Usmonov (biobibliografiya), T., 1976.