Eylerxelpin Gans Karl Avgust Simon fon (1873.15.2, Augsburg, Germaniya — 1964.6.11) — shved biokimyogari. Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi aʼzosi (1914-yildan). Berlin universitetini tugatgan (1885). Gyottingen (1896—97), Stokgolm (1898-yildan) universitetlarida ishlagan (1906-yildan professor). Stokgolm universitetining Biokimyo instituti (1929—37), Organik kimyo instituti (1938—48), ayni vaqtda (1940-yildan) Vitamin instituti direktori. Asosiy ilmiy ishlari biokimyo jarayonlari mexanizmini oʻrganishga oid. Fermentlarni tadqiq qilgan (1905—40). Tirik organizmlarda fermentlar taʼsirida kimyoviy reaksiyalar tezligining ortishini aniklagan va bu jarayonni biokataliz deb atashni taklif etgan. Karotinning fizologik faolligi jihatdan A vitaminga yaqinligini topgan (1928). Biokimyoviy shishlarni oʻrganishga katga hissa qoʻshgan. Nobel mukofoti laureati (1929; A. Garden bilan hamkorlikda)[1][2].

Hans Karl August Simon von Euler-Chelpin (1929)

Manbalar tahrir

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil