Har Gobind Khorana (9-yanvar 1922 Jaypur, Hindiston – 9-noyabr 2011 Konkord, Massachusetts) — amerikalik biokimyogar. Panjob (1945) va Liverpul (Angliya, 1948) universitetlarini tugatgan. AQSH Milliy akademiyasi aʼzosi (1966). 1970-yildan Masachuset texnologiya universitetida ishlagan. Asosiy ishlari kofermentlar, nukleotidlar, nuklein kislotalarni oʻrganish va ularni sintez qilishga oid. Genetik kodning mohiyatini aniqlagan. Alaninli tRNKni birinchi boʻlib sintez qilgan. Membrana oqsillarining tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1968, R. Xolli va M. Norenberg bilan hamkorlikda).[1]

Har Gobind Khorana

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil