Harry Potter va Feniks jamiyati

Harry Potter va Feniks jamiyati (boshqa nomi Harry Potter va Qaqnus ordeni; inglizcha: Harry Potter and the Order of the Phoenix) J. K. Rowling qalamiga mansub fentezi janridagi roman boʻlib, Harry Potter romanlari turkumiga kiruvchi beshinchi kitob hisoblanadi. Bu kitobda Harry Potterning Hogwarts afsungarlik maktabidagi beshinchi yili, Lord Voldemordning qaytishi va Sehrgarlik vazirligi haqida bayon etilgan. Kitob ilk bora 2003-yil 21-iyunda Birlashgan Qirollikning Bloomsbury, AQShda Scholastic va Kanadada Raincoast nashriyotlarida chop etildi.[1][2][3][4] Kitob dastlabki 24 soat ichida besh million nusxada sotildi. Kitobga asosan 2007-yilda film tarzida suratga olindi va Electronics Art kompaniyasi tomonidan videooʻyin ishlandi.

Harry Potter va Feniks jamiyati

Kitob muqovasi
Asl nomi Harry Potter and the Order of the Phoenix
Muallif(lar) J. K. Rowling
Bezovchi(lar) Jason Cockcroft (ilk nashr)
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Qismlar Harry Potter
Janr(lar)i fentezi
Nashr etilgan sanasi 21-iyun 2003-yil
Nashriyot Bloomsbury (Birlashgan Qirollik)
Sahifalar soni 766 (ilk nashr)
ISBN ISBN 0-7475-5100-6
Avvalgisi Harry Potter va Alanga kubogi
Keyingisi Harry Potter va tilsim shahzodasi

Harry Potter va Feniks jamiyati romani tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, bir nechta mukofotlarga sazovor ham boʻldi.

Sujet tahrir

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Yoz chogʻida Harry Potter va uning xolavachchasi Dudley dementorlar tarafidan hujumga uchraydi. Oʻzi va Dudleyni himoya qilish maqsadida Harry sehr-joduning eng oliy darajasiga mansub „Himoyachi“ afsunini dementorlarga qarshi ishlatadi. Natijada, Harry Sehrgarlar vazirligi tomonidan „balogʻatga yetmaganlar orasida sehrgarlik qobiliyatini oqilona cheklash toʻgʻrisidagi dekret“ga muvofiq Hogwarts afsungarlar maktabidan chetlashtiriladi. Shunday boʻlsa-da, u yakuniy qaror uchun sudga chaqirildi. Keyinchalik, Feniks jamiyatiga aʼzo afsungarlar guruhi Harryni Sirius Blackning bolaligi oʻtgan uy — 12-uyga olib borishadi.

Ron Weasley va Hermione Grangerning tushuntirishiga koʻra, Feniks jamiyati Hogwarts direktori Albus Dumbledore yetakchiligidagi guruh boʻlib, Lord Voldemort va Ajal kasofatlariga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan. Cornelius Fudge yetakchiligidagi Vazirlik Voldemort qaytganini tan olishdan bosh tortadi hamda Harry va Dumbledorega qarshi boʻhton kampaniyasini boshlaydi. Sudda Dumbledore Harryni himoya qilib, Harrydan barcha ayblovlar olib tashlanadi.

Hogwartsda Vazirlik xodimi boʻlmish Dolores Umbridge qora kuchdan himoya fani oʻqituvchisi sifatida ish boshlaydi. U Voldemortning qaytganini rad etadi hamda Harry bilan bu mavzuda tortishib qoladi. Buning ortidan Umbridge Harryni xonasiga chaqirib, undan qogʻozga sehrli patqalam bilan „Men yolgʻon gapirmasligim kerak“ deb yozishini soʻraydi. Harry shu gapni qogʻozga yozadi, ammo xuddi shu yozuv uning qoʻl kaftining tashqi tomonida pichoq bilan kesib yozilgandek namoyon boʻladi. Umbridge shu orqali Harryni jazolaydi. Umbridge oʻquvchilarga himoya afsunini oʻrgatmasligi ortidan Harry, Ron va Hermione boshqa oʻquvchilar bilan birgalikda oʻzlarining Himoya guruhiga asos solishadi. Guruhga „Dumbledore armiyasi“ deb nom beriladi. Vazirlik tarafidan Hogwartsga inspektor etib tayinlangan Umbridge maʼqullanmagan klublar faoliyatini taqiqlaydi, natijada „Dumbledore armiyasi“ guruhi aʼzolari Harry boshchiligida mashq qilish uchun Ehtiyoj xonada uchrashishga majbur boʻlishadi.

Boblari tahrir

  1. Dementorning Dudleyga hamlasi
  2. Jon tegdi boyqushlaringga
  3. Qoʻriqlash guruhi
  4. Pinhoniylik maydoni, 12-uy
  5. Qaqnus Ordeni
  6. Qadimiy va asilzot Blacklar xonadoni
  7. Sehrgarlik vazirligi
  8. Intizomiy jihatdan muhokama
  9. Weasley xonimning tashvishi
  10. Luna Lavgud
  11. Saralovchi Shlyapaning yangi qoʻshigʻi
  12. Professor Umbridge
  13. Doloresning jazosi
  14. Persi va Yumshoqoyoq
  15. Hogwartsning bosh inspektori
  16. „Axta choʻchqa“ qovoqxonasida
  17. 24-sonli taʼlim toʻgʻrisidagi dekret
  18. Dumbledore armiyasi
  19. Arslon va ilon
  20. Hagridning hikoyasi
  21. Ilon koʻzi ila
  22. Muqaddas rezgi kasalxonasi - gʻalati jarohat va patologiyalar instituti
  23. Yopiq boʻlinmada nishonlangan Rojdestvo
  24. Okklumensiya
  25. Ilojsiz qolgan qoʻngʻiz
  26. Kutilmagan natija
  27. Kentavr va xoin
  28. Sneggning yomon xotiralari
  29. Kasbtanlash
  30. Gurp
  31. Mutlaqo oddiy sehrgarlik darajasi uchun imtihon
  32. Olov ichra
  33. Kurashish va qochish
  34. Sirli sehr boʻlimi
  35. Parda ortiga
  36. Dahshatga solib kelgan yagona shaxs
  37. Yoʻqotilgan bashorat
  38. Ikkinchi urush ibtidosi

Ekranizatsiyalar tahrir

Film tahrir

2007-yili ushbu roman asosida Harry Potter va Feniks jamiyati filmi suratga olindi. Filmga David Yates rejissorlik qildi, Michael Goldenberg esa ssenariynavis oʻlaroq qatnashdi. Film budjeti £75-100 million (AQSh$150-200 million) boʻlib,[5][6] kartina umumjahon boʻylab $942 million daromad qildi.[7] Shuningdek, tanqidchilar tomonidan ham xush qarshilandi.

Tarjima tahrir

Harry Potter va Feniks jamiyatini oʻzbek tiliga Shokir Dolimov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2019-yil Toshkent shahrida „Ilm-ziyo — zakovat“ nashriyotida chop etilgan. Nashrga tayyorlovchi, iqtibos va izohlarni tayyorlovchi — Ergashboy Matyoqubov, bosh muharrir — Lolaxon Qoʻziboyeva, badiiy muharrir — Asaloy Eshonqulova hamda dizayner — Feruzbek Vohidov.[manba kerak]

Manbalar tahrir

  1. Ross, Shmuel; Mark Zurlo „Harry Potter Timeline: 2000 to the Present“. Pearson Education, publishing as Infoplease (2000–2009). 24-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyul 2009-yil.
  2. „Harry Potter Books“. MuggleNet.com (1999–2009). 6-iyun 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-06-06 sanasida arxivlangan)
  3. „Potter-mania sweeps bookstores“. CNN (30-iyun 2003-yil). 24-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2009-yil.
  4. „Thousands of Potter books stolen“. BBC News (17-iyun 2003-yil). 18-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2009-yil.
  5. Cornwell, Tim. „Oscars signal boom (except for Scots)“. The Scotsman (24-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2007-yil.
  6. Haun, Harry. „Harry the Fifth“. Film Journal International (20-iyun 2007-yil). 4-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2007-yil.
  7. „Harry Potter and the Order of the Phoenix (2007)“. Box Office Mojo. 1-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2009-yil.

Havolalar tahrir