Hasan Ibn Ali (625-669) - Ali ibn Abu Tolibning (Fotimadan tugʻilgan) oʻgʻli, Muhammad (sav)ning nabirasi, 2-shia imomi. 661 yilda Ali oʻldirilgandan keyin uning tarafdorlari H.ni Iroqga xalifa deb eʼlon qilgan va Muoviya I hokimiyatiga qarshi kurashni yangitdan boshlashga daʼ-vat etgan. Lekin, H. Muoviya I bilan muzokaralar olib borib, u bilan kelishgan, hokimiyatga daʼvo qilishdan voz kechib, Madinaga koʻchib ketgan va u yerda vafot etgan (shialik rivoyatlari boʻyicha zaharlab oʻldirilgan).