Havoda parvoz qilish - uchish apparati (vertolet, samolyot, havo shari va boshqalar)da atmosfera (havo)da uchish. Koʻzlangan maqsadga qarab, sport, fuqaro va harbiy Havoda parvoz qilishq. farqlanadi. Kosmik uchish apparatlari (KK)da kosmik fazoga uchish kosmik parvoz deb ataladi. Kosmik parvoz qilish uchun kosmonavtlar tayyorlash markazida maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlari lozim.