Hazorasp

Hazorasp tumani axolisi tahminan(2019) 55 ming kishini tashkil etadi

Hazorasp – Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Xorazm viloyatining sharqida, Toshkent – Urganch avtomagistrali va temir yoʻl yoqasida joylashgan. transport yoʻli stansiyasi. Viloyat markazi (Urganch shahri) dan 56 km janubi-sharqda. Aholisi 38400 ming kishi (2022). Hazorasp hududidan oʻtgan Hazorasp, Hassayop, Otaliq, Sipoi kanal va ariqlaridan suv oladi.

Hazorasp
shahar
41°19′0″N 61°04′0″E / 41.31667°N 61.06667°E / 41.31667; 61.06667 G OKoordinatalari: 41°19′0″N 61°04′0″E / 41.31667°N 61.06667°E / 41.31667; 61.06667 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Xorazm viloyati
tuman Hazorasp tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Avtomobil kodi 90
Hazorasp xaritada

Tarixi tahrir

Qadimgi Hazorasp tahrir

Hazorasp – Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm vohasining janubiy chegarasida joylashgan Oʻrta Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri.

Shahar tarixining ilk davri mahalliy madaniy qatlamlar bilan ifodalanadi, ularning sopol materiallari va minorali qal’a devorlari qoldiqlari miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmiga toʻgʻri keladi.

Devorlari oʻq shaklidagi boʻshliqlar bilan kesilgan va toʻrtburchaklar pilasterlar bilan bezatilgan. Qal’aning tashqi devorlari va burchaklari tetragonal kvadrat minoralar va pilastrlar bilan mustahkamlangan.

Oʻrta asrlarda Hazorasp tahrir

Hazorasp fors tarixchisi At-Tabariyning (IX asr) tarixiy asarida tilga olinadi. 10-asr fors geografi al-Istaxriy Xorazmning sugʻorish tizimlarini tasvirlar ekan, katta kemalar suzib yurgan katta Hazorasp kanalini, shuningdek, Amudaryodan uncha uzoq boʻlmagan tekislikda joylashgan Hazorasp shahrini eslatib oʻtadi.

Al-Maqdisiyning yozishicha, Hazorasp koʻplab bozorlarga ega yirik savdo shahri boʻlgan[1]. Hazorasp 13-asr boshlarigacha, yaʼni moʻgʻullar istilosigacha 300 yil davomida yirik savdo shaharlaridan biri boʻlgan.

XVIII - XIX asrlarda Hazoraspda Xiva xonining merosxoʻrlaridan biri yashagan. Poytaxt Xivadan keyin xonlikdagi ikkinchi muhim shahar edi. Bu maʼlumotni bizga xorijlik sayohatchilar Tomson, Efremov, Rukavkin va boshqalar yozib qoldirgan[2].

19-asr boshlarida Hazorasp quyidagi choraklarga boʻlingan – Qipchoq-Qoʻngʻirot, Oq-Saray, Xon-Qalasi, May-Jengil va boshqalar[3].

Dastlabki arxeologik ekspeditsiyalar Hazoraspga oʻtgan asrning 30-yillarida borgan. Ularga Yahyo Gʻulomov rahbarlik qilgan, deydi Xorazm Maʼmun akademiyasi loyiha rahbari, tarix fanlari nomzodi Sergey Baratov. 1958—1960-yillarda Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiya guruhining topilmalari olimlar tomonidan V-IV asrlarga mansub boʻlgan shaharning eng qadimgi qatlamlarini ochish imkonini berdi. Shu bilan birga, Hazorasp tarixi shartli ravishda miloddan avvalgi V asrdan boshlab toʻrt davrga boʻlingan.

Tavsifi tahrir

Hazorasp Xiva bilan birga Xorazm vohasining eng qadimiy qalʼa va aholi manzillaridan biridir. Hazorasp nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida turlicha qarashlar mavjud.

Tarixchi, tilshunos va toponimist olimlar (Ya. Gʻulomov, S. P. Tolstov, F.Abdullayev, O. Madrahimov va boshqalar)ning taʼkidlashicha, „Hazorasp“ qad. xorazmiy tilida ming ot (hazor – ming, asp – ot) yoki ming otliq diyori maʼnosini bildiradi. Oʻtmishda muarrixlar uni „Qalʼai Sulaymon“ deb ham ataganlar.

Qadimgi Hazaraspni nomi „Azar-sipand“ (Muqaddas olov) dan kelib chiqqan. Xazarasp Zaratushtraning vatani va muqaddas „Avesto“ kitobini vatani deb taxmin qilinadi. Akademik S. P. Tolstov oʻzining „Qadimgi Xorazm“ asarlari va ilmiy maqolalarida Zardushtiylikning muqaddas olovi Xazaraspda yoqilganligini taʼkidlaydi. Buning tasdigʻi Humbuz-tepa ibodatxonasidir.[4]

Shahar toponimiyasi haqida mahalliy rivoyat va afsonalar ham mavjud. Baʼzi tarixiy maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, Hazorasp Xorazmning chekkasidagi himoya isteh-komi boʻlib, bu yerda mingga yaqin otliq qoʻshin Xorazmni sharqdan kelishi ehtimol tutilgan dushmandan muhofaza etgan. Shaharda Rashiduddin Vatvot, Minglisuluvxonim, Javxariy, Sakkokiy, Husayn Xorazmiy, Jaʼfar Hazoraspiy, Xayoliy, Umidiy, Iskandar Mahmud kabi buyuk siymolar, shoir, olim va tabiblar yetishib chiqqan.

Arxeologik qazishmalar natijasida Hazoraspning vujudga kelishi ilk antik davrlarga oidligi aniqlandi.

Keyingi davrda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand, Nukus va Xorazm regional arxeologiya boʻlimlarining 1996— 2005-yillarda oʻtqazgan qazish ishlari natijasida shaharning 2700-yil avval bunyod boʻlganligi toʻgʻrisida materiallartopildi. Shahar toʻgʻrisida ilk yozma maʼlumotlar 9—10-asr Eron tarixchisi va filologi Tabariy, 10-asr tarixchi va geograflari Istaxriy va Muqaddasiylarning asarlarida uchraydi. Sayyoh geograf, adib va tarixchi Yoqut Hamaviyning yozishicha, Hazorasp mustahkam qalʼali katta shahar boʻlgan. Shahar yer yuzasiga chiqib qolgan tabiiy grunt suvi halqasi bilan oʻralgan. Qalʼaga faqat birgina gʻarb tomondagi maxsus yoʻl olib borgan. Xondamir va Mirxond, Abulgʻoziy Bahodirxon, Munis, Ogahiylar asarlarida Hazoraspning tarixiga oid koʻp maʼlumotlar berilgan. Hazorasp toʻgʻrisida sayyoh, sharqshunos A.Vamberi ham qiziqarli maʼlumotlar yozib qoldirgan. 19-asr oxirida shaharda 8 masjid, madrasa, maktabxonalar faoliyat koʻrsatgan.

Hazoraspda 50 dan ziyod korxona va tashkilot, shu jumladan, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, taʼmirlash ustaxonalari, mahalliy sanoat korxonalari, toʻqimachilik, palos fabrikalari bor. Oʻzbekiston – Germaniya „Unixo“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Butun Quyi Amudaryo regionida mashhur boʻlgan „Qo-zoqbozor“ deb ataluvchi bozor mavjud. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar ishlab turibdi. Shuningdek, savdo, madaniy va mai-shiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. 4 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi, ixtisoslashtirilgan ijtimoiy fanlar gimnaziyasi, qishloq xoʻjalik, iqtisodiyot, ped. kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va boshqa oʻquv muassa-salari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi vauning tarmoqlari, madaniyat uyi, klub muassasalari, xiyobonlar, madaniyat va istirohat bogʻi, „Istiqlol“ stadioni, sport zallari, futbol maydonlari va boshqa sport inshootlari mavjud. Karate va taekvondo sport klublari faoliyat koʻrsatadi.

Tuman markaziy kasalxonasi, kattalar va bolalar poliklinikalari, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, tugʻruqxona, xususiy poliklinika, kasalxona, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.

Hazoraspdan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Denov va boshqa shaharlarga, Xorazmning boshqa tumanlariga, qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl, Beruniy shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. shaharda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa qoldiqlari (miloddan avvalgi 7—6-asrlar), Juma masjidi (18-asr) va boshqa saqlanib qolgan.

J.Mankovskaya L., Bulatova V. Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978 Qurbonniyozov R., Xorazm geografiyasi Urganch, 1996; Nurja nov K . va boshqalar, Hazorasp tarixi, Urganch, 1998; „Drevnosti Yujnogo Xorezma“ (XAEE-XU1), M., 1992.

Manbalar tahrir

  1. Tolstov S. P. Po sledam drevnexorezmiyskoy sivilizatsii. M.-L., 1948, s. 236.
  2. „М. Рахмон: Древний Хазарасп — неприступная крепость и красивый город приглашает в гости|TsentrAziya.“. 2018-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-mart.
  3. Puteshestvie v Turkmeniyu i Xivu v 1819 i 1820 godax gvardeyskogo generalnogo shtaba kapitana Nikolaya Muraveva, poslannogo v sii strani dlya peregovorov. M., 1822, s. 33.
  4. https://podrobno.uz/cat/podrobno/uzbekskie-arkheologi-vozrodyat-odin-iz-drevneyshikh-gorodov-tsentralnoy-azii/