KOL (Kohl) Gelmut (Helmut) (1930.3.4, Lyudvigsxafen shahri) — Germaniya kansleri (1982—98). Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) aʼzosi (1947 yildan), raisi (1973—76). Raynland-Pfals federal yeri bosh vaziri (1969—76). Germaniya bundestagi deputati (1976 yildan). Bundestagdagi XDI va Xristian-sotsial ittifoqi (XSI) birlashgan fraksiyasi raisi (1976—82). K. davrida nemis xalqining birlashish orzusi 1989 yilda Berlin devorining qulatilishi bilan ushaldi. 1990 yil 12 sentabrda Moskvada Germaniya masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi, yagona Germaniya davlati tashkil topdi.[1]

Helmut Kohl (1996)

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil