Higgs bozoni zarrachalar fizikasi Standart Modelidagi massiv skalar elementar zarrachadir. Peter Higgs sharafiga shunday nomlangan. Higgs bozoni Higgs maydoni kvantidir; u massasiz zarrachalarning qanday qilib materiya massasini hosil qilishini izohlab berishi mumkinligi faraz qilinmoqda. Higgs bozonini topish va aniqlash uchun 2010-yil boshlarida ishga tushirilgan Katta adron kollayderi (Large Hadron Collider, LHC) yordamida tajribalar oʻtkazilmoqda.

LHC CMS zarracha detektori uchun modellangan simulatsiya misoli. Bu yerda ikki proton toʻqnashuvi natijasida Higgs bozoni hosil boʻlib, u oʻz navbatida ikkita adron va elektronlar juftiga parchalanadi.

2012-yil 4-iyulida CERN „Higgs bozoniga oʻxshash“ zarracha topilganini koʻrsatish uchun zaruriy „besh sigma“ darajasidagi dalil borligini tasdiqladi.[1][2]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

 k  m  t 
Elementar zarrachalar
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar