Hojimurod Isroilovich Ibrohimov (1935.9.4, Toshkent) — kinorejissyor Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1983). "Oʻzbektelefilm" tashkilotchilaridan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). Oʻzbekiston televideniyesida rejissyor yordamchisi, rejissyor (1957—64), bosh rejissyor (1974—79). 1979-yildan Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor Eng yaxshi filmlari: "Jamila", "Yodgor", "Hyp qidirib" (ham spektakl, ham film rejissyor), "Tugʻilish" (3 qismli telepostanovka) va boshqalar Shuningdek, "Oybek", "Choʻl, qoʻlingni ber!", "Toshkent, 26-aprel 1966-yil", "Kuyla, Sanobar", "Yagona oilada", "Inson uchun", "Davr mening taqdirimda" (D. Salimov bilan hamkorlikda), "Mening Oʻzbekistonim" kabi hujjatli filmlar yaratgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1976).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil