Hoshimiylar, banu hoshim — 1) Muhammad (sav) bobokalonlari Hoshim ibn Abdumannof avlodlari; Rasululloh (sav) mansub boʻlgan urugʻxonadon. H. Muhammad (sav) hayotlari-da, ul zot vafotidan soʻng esa arab-musulmon tarixida muhim rol oʻynagan; 2) H. bir qancha musulmon hukm-dorlari sulolasini shakllantirganlar. Chunonchi, 10-asrdan 1924-yilgacha Makka shariflari, uning hokimlari. Bu sulola vakillari (alHavoshim-Hoshimiylar) 20-asr boshida Hijozda (1908— 25) va Iroqda (1921—58) davlatni idora etishgan. 1921-yildan Iordaniya Hoshimiylar qirolligida, H.ning boshqa bir tarmogʻi esa Marokash Qirolligida (10-asrdan) hokimiyatni boshqarib kelmoqsa.