Hujjatli film – kino sanʼati turi. Unda haqiqiy voqealar kinosurati material boʻlib xizmat qiladi. Birinchi hujjatli kinosuratlarni aka-uka Lumièrelar 1895-yil (Fransiyada) olishgan. Oʻzbekistonda birinchi hujjatli filmni Xudoybergan Devonov suratga olgan. Ovozsiz kino davriga mansub hujjatli filmlarda asosan tasvir hal etuvchi rol oʻynagan, voqealar mazmuni titr (yozuv) larda izohlangan, gʻoyaviy yoʻnalishda voqea obrazi hukmronlik qilgan. Ovozli kinoga oʻtilgach, film voqealari diktorlar tomonidan sharhlangan.

Adabiyotlar tahrir