Huquq subʼyekti - qonunga bino-an huquqqa ega boʻlish va zimmasiga yuridik majburiyatlar olish layoqatiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Huquq subʼyekti huquqning barcha sohalarida huquqiy munosabatlarntgg zaruriy belgisi boʻlib, ularning har birida subʼyektlarning mavqei muayyan oʻziga xoslikka ega. Mas, fuqaroviy huquqiy munosabatlarda fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxs sifati-da; tijorat va notijorat tashkilotlari yuridik shaxs sifatida qatnasha-dilar; fuqaroviy huquqiy munosabatlar subʼyektlarining uchinchi turini davlatning oʻzi, davlat va mahalliy tuzilmalar tashkil etadi. Maʼmuriy huquqiy munosabatlarda asosan davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqa-rolar va ayrim hollardagina tashki-lotlar (yuridik shaxslar) Huquq subʼyekti boʻla oladi. Qonun biror shaxs yoki tuzilmani H.s sifatida tan olar ekan, uning davlat, davlat tashkilotlari, boshqa shaxslarga nisbatan tutgan oʻrnini tavsiflovchi huquqiy maqomini belgilab beradi.