1996-yil 27-dekabr kuni "Hurriyat" mustaqil gazetasining birinchi soni Karim Bahriyev bosh muharrirligida chop etilgan. 1996-2002-yillarda gazetaga yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad (Xurshid Doʻstmuhammedov) bosh muharrirlik qildi. 2002-2003-yillari esa nashrni shoir Amirqul Karim boshqardi. 2003-yil mart oyidan e`tiboran 2007-yil sentabr oyi o`rtalarigacha "Hurriyat" mustaqil gazetasining bosh muharrir vazifasini bajaruvchi lavozimida jurnalist Ismat Xudoyorov faoliyat ko`rsatdi. Hozirda nashr rahbari O’ktam Mirzayorov. Muassis: O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi. Gazeta shiori: O’zingni angla! Gazeta yo’nalishi: ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, haftalik nashr

"HURRIYAT" - 1917-yil 16-apreldan Samarqand jadidlari tomonidan nashr qilina boshlagan gazeta. Gaz. adabiy, iqtisodiy-siyosiy yoʻnalishda boʻlib, haftada 2-marta chiqib turgan. "H."ga Akobir Shomansurov, Mardonqul Shomuhammedov, Abdura-uf Fitrat, Hoji Muin Shukrullo muharrirlik qilishgan. Samarqand jadidlari tomonidan tashkil etilgan "Zarafshon" shirkati kutubxonasining asosiy sarmoyasi shu gaz.ga sarf qilingan. "H." 1917— 18-yillarda Turkiston oʻlkasidagi, jumladan Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlardagi siyosiy jarayonlarni yoritishda asosiy manbalardan biri hisoblangan. "H."da Mahmudxoʻja Behbudiy ("Buxoro voqealari", "Ittifoq kerak" va boshqalar), Abdurauf Fitrat ("Yurt qaygʻusi", "Musulmonlar gʻaflatda qolmang" va boshqalar), Hoji Muin ("Shoʻroi Islomiya va saylov", "Yordam kerak"), Saidrizo Alizoda, Saidahmad Siddiqiy, Xoʻqanboy Ab-duholiq oʻgʻli va boshqa ziyolilar oʻz maqolalari bilan muntazam qatnashib turganlar.

Gaz. milliy ishlar komissarligi tomonidan 1918-yil aprelda toʻxtatilib, uning oʻrniga "Mehnatkashlar oʻqi" nomli bolsheviklar mafkurasiga mos yangi gaz. nashr qilina boshlagan. Sinfiy kurash va bolsheviklar gʻoyalarini targʻib etadigan bu gaz. keyinchalik (1918—21) "Mehnatkashlar tovushi", "Kambagʻallar tovushi" nomlarida chop etilgan.

Tahririyat manzili: Toshkent, Matbuotchilar ko’chasi, 32-uy E-mail: hurriyat@mail.ru Internet: http://www.hurriyat.uz/ (Wayback Machine saytida 2008-12-01 sanasida arxivlangan) Telefon: 136 53 31, 136 75 15, 136 56 38