ICQ AOLning Time Warner kompaniyasiga tegishli bir zumda xabarlar bilan almashinuvchi kompyuter dasturi. ICQ birinchi boʻlib, Isroillik kompaniya Mirabilis tomonidan ishlab chiqilgan. Dasturning eng birinchi versiyasi 1996-yilning noyabrida chiqqan. ICQ nomi — „I seek you“ (Men seni izlayapman) gapiga ohangdosh.

ICQ
Ishlab chiqaruvchiMirabilis, AOL
Eng so‘nggi versiyasi6.0.5400 / 20-avgust, 2007
Operatsion sistemaWindows, Macintosh, mobil telefonlar
Vebsayt:ICQ

Funksiyalari tahrir

ICQning funksiyalariga matniy habarlarni yetkazish, offlayn qoʻllov, multi-foydalanuvchili chatlar, kunlik-chegaranlangan bepul SMS xabarlarni yetkazish, fayllarni yetkazish, tabriklov otkritkalari va multi-ishtirokchili oʻyinlar kiradi. Yana ICQ POP3 email qoʻllovi va foydalanuvchilarni qidirish xususiyatiga ega.

ICQ foydalanuvchilari UIN deb nomlanuvchi, ketma-ketlikda joylashgan raqamlar bilan aniqlanadilar. ICQ 6 da foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtish paytida kiritgan E-Mail manzilini koʻrsatib kirishlari mumkin. Yangi foydalanuvchilarga hozirda 400,000,000, dan yuqori boʻlgan raqamlar berilmoqda va kichikroq raqamlar (olti yoki besh raqamliklar) internet auksionlarida va internet magazinlarda sotiladi.

Versiyalari tahrir

  • ICQ (ICQ „Classic“):
    • ICQ 1.111, ICQ 1.113 (1997)
    • ICQ 98a, ICQ 98b (1998)
    • ICQ 99a, ICQ 99b (1999)
    • ICQ 2000a, ICQ 2000b (2000)
    • ICQ 2001a, ICQ 2001b (2001)
    • ICQ 2002a, ICQ 2002b (2002)
    • ICQ 2003a (2003)
  • ICQ Pro:
    • ICQ Pro 2003b (2003)
  • ICQ Lite:
    • ICQ Lite
    • ICQ Lite 4 (2004)
    • ICQ 5 (2005)
    • ICQ 5.1 (2006)
    • ICQ 6 (current) (2007)

Havolalar tahrir