Ichimlik deb odam isteʼmol qilishi uchun tayyorlanadigan suyuqlikka aytiladi. Atama ichish soʻzidan olingan. Ichimliklar tarkibidagi alkogol miqdoriga qarab spirtsiz va spirtli ichimliklarga ajratiladi.

Yaxna apelsin sharbati.

Turlari tahrir

Suv tahrir

Eng keng tarqalgan ichimlik chuchuk suvdir. Suv odam va boshqa organizmlar uchun muhim suyuqlik boʻlib, odam tanasining taxminan 70 %ini tashkil etadi. Suv tuzlarni eritib, metabolizmda katta rol oʻynaydi. Shifokorlar kuniga 8 stakan (~1,8 litr) suv ichishni tavsiya etishadi.[1]

Issiq ichimliklar tahrir

Bularga issiq choy, sut, qahva va boshqalar kiradi. Biroq choy va sut yaxna holda ichilishi ham mumkin.

Yaxna ichimliklar tahrir

Yaxna ichimliklar sovutilib ichiladi. Bularga sovuq choy, sharbat, limonad, alkogolsiz pivo va boshqalar kiradi.

Spirtli ichimliklar tahrir

Spirtli ichimliklarga tarkibida sezilarli miqdorda etanol bo'lgan ichimliklar: musallas, pivo, aroq va k kiradi.

Boshqalar tahrir

Qatiq, goʻja kabi mahsulotlarni ham ichimlik, ham taom, deb hisoblash mumkin.

Manbalar tahrir