Immunlash — sunʼiy yoʻl bilan immunitet vujudga keltirish. Infeksion kasalliklarning oʻldirilgan yoki zaiflashtirilgan qoʻzgʻatuvchilari mikroblarini yoki mikroblarning zaiflatilgan zaharlarini organizmga kiritib, aktiv (faol) immunitet hosil qilish. Vaksinatsiyalangan hayvonlar yoki kasallikni boshidan kechirgan kishilar qonida antitelolar paydo boʻladi. Bunday qon zardobini (shuningdek, gamma-globulinlarni) kishi organizmiga kiritib, passiv immunitet vujudga keltirish mumkin (yana q. Emlash).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil