Immunoglobulinlar G-(IgG) antitelalar sinfiga kiradi. IgG inson plazmasidagi antitelalarning taxminan 75 % ni tashkil qiladi va qon oqimida eng koʻp uchraydigan antitelalar hisoblanadi[1]. IgG plazma B hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi va har bir IgG molekulasida ikkita antijen bogʻlashish joyi mavjud.

Immunoglobulin G ning tuzilishi

Tuzilishi tahrir

IgG antitelalari ogʻirligi taxminan 150 kDa[2][3] kattalikdagi molekulalardan tuzilgan boʻlib, toʻrtta polipeptid tuzilishli zanjirlardan tuzilgan. Bitta IgG molekulasida taxminan 50 kDa boʻlgan ikkita bir xil g-tipli ogʻir zanjirlar va taxminan 25 kDa boʻlgan ikkita engil zanjir boʻladi. Ikki ogʻir zanjir bir-biriga va engil zanjirlarga disulfid bogʻlari orqali bogʻlangan boʻlib olingan tetramer ikkita bir xil yarmidan iborat boʻlib, ular birgalikda Y shaklli strukturani hosil qiladi. „Vilka“ ning har bir uchida bittadan antigenga bogʻlashnish joyi mavjud boʻlib, u oʻz shaklini oʻzgartiruvchi tuzilishga ega. Y shaklidagi strukturaning „poyasi“ doimiy boʻlib, Fc bilan belgilanadi va yuqori darajada saqlanib qolgan N-glikozillanish joylarini oʻz ichiga oladi. Fc ga biriktirilgan N- glikanlar fukoza bilan toʻyingan boʻlib, murakkab tuzilmalar hosil qiladi. Ushbu glikanlarning baʼzilari N-asetilglyukozamin va a-2,6-bogʻlangan sialik kislota qoldiqlarini ham oʻz tarkibiga kiradi[4].

Funksiyalari tahrir

Antitelalar gumoral immunitetning asosiy qismini tashkil qilib IgG qon va hujayralararo suyuqlik antitelalarining asosiy turidir, shuning uchun u turli xil patogenlarga: zamburugʻlar, bakteriyalar, viruslar bilan bogʻlanib, butun tanadagi infeksiyani nazorat qilishda faol ishtirok etadi. IgG ning patogenlar bilan bogʻlanishi ularning immobilizatsiyasiga va bir-biriga bogʻlanishiga olib keladi (aglyutinatsiya). Patogen yuzasini IgG molekulalari bilan bogʻlanishi (opsonizatsiya) uni fagotsitlarga tanib olish, yutish va yoʻq qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, IgG klassik komplement yoʻlida faollashtiradi, bu patogenni yoʻq qiluvchi oqsillarning shakllanishiga olib keladi. IgG molekulalari, shuningdek toksinlarni bogʻlash va neytrallash qobiliyatiga ega hisoblanadi. Ushbu turdagi antitelaning antitelaga bogʻliq hujayra sitotoksikligi muhim rol oʻynaydi (inglizcha: antibody-dependent cellular cytotoxicity, ADCC) va TRIM21 (IgG ga maksimal yaqinlikka ega boʻlgan inson hujayralari retseptorlari) bilan bogʻlanishi tufayli hujayra ichidagi antitela vositachiligidagi degradatsiyada qatnashadi. Ushbu jarayonlar natijasida virionlar sitozolning proteazomalarida yoʻq qilish uchun yuboriladi[5]. IgG II va III turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bilan aloqada boʻlib turadi. IgGlar antitetalar sinfini almashtirish orqali hosil boʻladi, shuning uchun ular asosan ikkilamchi immun jarayonlarda ishtirok etadilar[6]. IgG toʻqimalarga oson tarqaladigan monomerlar shaklida chiqariladi. IgG — bu maxsus retseptorlar yordamida yoʻldoshni kesib oʻtishga qodir boʻlgan antitelalarning yagona turi boʻlib, homilani bachadonda himoya qiladi. Koʻkrak sutining bir qismi boʻlgan IgA bilan bir qatorda, platsenta orqali homilaga kirgan IgG qoldiqlari oʻz immun tizimi ishlay boshlaguncha chaqaloqning gumoral immunitetini taʼminlaydi. IgG ning yuqori foizi ogʻiz sutida, ayniqsa sigir ogʻiz sutida mavjud. Dastlabki olti oy davomida chaqaloq kasallikka qarshi immunitetga ega boʻlib, onadan olingan antigenlarni yoʻq qilinmaguncha, u duch kelgan har qanday patogenlardan himoya qiladi. IgG allergik reaktsiyalarning rivojlanishida ishtirok etadi va IgE vositachiligidagi anafilaktik reaktsiyalarning oldini oladi, semiz hujayra bilan bogʻliq IgE dan oldin antigenler bilan oʻzaro taʼsir qiladi. Shunday qilib, IgG koʻp miqdordagi antigen tomonidan qoʻzgʻatilgan anafilaktik reaktsiyalarda qatnashganda, organizmga oz miqdordagi antigenning kirib borishi natijasida yuzaga kelgan tizimli anafilaksiyani oldini oladi[7].

Kichik sinflar tahrir

Odamda plazmadagi soni koʻpligiga qarab IgG ning toʻrtta kichik tasnifi (IgG1, IgG2, IgG3 va IgG4) mavjud (IgG1 eng koʻp).

Ism Foiz U yoʻldoshni kesib oʻtadimi? Toʻldiruvchi faollashtiruvchi Fagotsitar hujayralardagi Fc retseptorlari bilan bogʻlanish Yarim yemirilish davri
IgG1 66 % ha (1.47)* ikkinchi kuchli yuqori yaqinlik 21 kun
IgG2 23 % yoʻq (0,8)* uchinchi kuchli juda past yaqinlik 21 kun
IgG3 7 % ha (1.17)* eng kuchli yuqori yaqinlik 7 kun
IgG4 4 % ha (1.15)* Yoʻq oraliq yaqinlik 21 kun
* Kindik ichak va onaning qonidagi kontsentratsiyalar nisbati

Turli kichik sinflarning IgGlari qarama-qarshi xususiyatlarga ega boʻlganligi sababli (baʼzilari komplementni faollashtiradi, baʼzilari esa yoʻq; baʼzilari Fc retseptorlari uchun yuqori yaqinlikka ega, boshqalari esa yoʻq) va har qanday antigenga immun javobi barcha toʻrt kichik sinfdan antitelalarni ishlab chiqarishga olib keladi. Turli xildagi IgG subtiplari qanday ishlashi uzoq vaqtdan beri nomaʼlum boʻlib kelgan. 2013–yilda model taklif qilinib, unga koʻra immun javobning dastlabki bosqichlarida IgG3 va IgE hosil boʻladi va IgG3 antigenga IgM vositachiligida javob reaksiyasini beradi. Keyin IgG1 va IgG2 hosil boʻladi. Turli kichik sinflarning IgG ning nisbiy nisbati keyingi oʻrinlarda yalligʻlanish reaksiyalarining kuchini baholaydi. Agar antigen hali ham mavjud boʻlib yoʻq qilinmagan boʻlsa, IgG4 kichik sinfining antitelarlari hosil qilinadi, ular fagotsitar hujayralar faolligini bostirish orqali yalligʻlanishning intensivligini kamaytiradi[8].

IgG kichik sinflarining komplementini faollashtirishning turli usullarini oʻrganish organ transplantatsiyasida va boshqa amaliyotlarda donorga qarshi qaratilgan baʼzi antitelalarning zararli ekanligini koʻrsatib berish mumkin[9].

Ahamiyati tahrir

Antitelalar gumoral immunitetning asosiy tarkibiy qismidir. IgG qon va hujayradan tashqari suyuqlikda topilgan antitelalarning asosiy turi boʻlib, u tana toʻqimalarining infeksiyasini nazorat qilish imkonini beradi. Viruslar, bakteriyalar va zamburugʻlar kabi koʻplab patogenlarni bogʻlash orqali IgG tanani yuqumli kasallikyadan himoya qiladi. Buni bir necha mexanizmlar orqali amalga oshiradi:

  • Patogenlarning IgG vositasida bogʻlanishi ularning immobilizatsiyasiga va aglyutinatsiya orqali bir-biriga bogʻlanishiga olib keladi;
  • Patogen yuzalarning IgG qoplamasi (opsonizatsiya deb ataladi) ularning fagotsitar immun hujayralari tomonidan tan olinishi va yutilishiga imkon beradi, bu patogenning oʻzini yoʻq qilishga olib keladi;
  • IgG komplement tizimining barcha klassik yoʻlini, patogenni yoʻq qilishga olib keladigan immun oqsil ishlab chiqarish tizimini faollashtiradi;
  • IgG shuningdek, toksinlarni bogʻlaydi va zararsizlantiradi;
  • IgG, shuningdek, antitelaga bogʻliq hujayra vositachiligidagi sitotoksin (ADCC) va hujayra ichidagi antikor vositachiligidagi proteolizda muhim rol oʻynaydi, bunda u TRIM21 (odamlarda IgG ga eng yaqin boʻlgan retseptor) bilan bogʻlanadi, bunda proteazomaga aniq virionlarni yoʻnaltiradi. sitozolda;[2]
  • IgG, shuningdek, II va III turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bilan bogʻliq holda faoliyat yuritadi[10].

Diagnostikadagi oʻrni tahrir

Plazmada IgG oʻlchovi autoimmun tipli gepatit kabi bir qator holatlar uchun diagnostika vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Klinikada qondagi IgG darajasi maʼlum bir patogenga qarshi shaxs immunitet tizimining koʻrsatkichi hisoblanadi.[manba kerak] IgG kontsentratsiyasi odamning qizilcha, qizamiq, gepatit B, suvchechak parotit va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi immunitetini aniqlash uchun qoʻllanilishi mumkin[11]. Biroq, IgG darajasi allergiya tashxislash jarayonida qoʻllanilmaydi[12].

Manbalar tahrir

  1. Junqueira, Luiz C.; Jose Carneiro. Basic Histology. McGraw-Hill Education, 2003. ISBN 978-0-8385-0590-8. 
  2. Immunobiology: The Immune System in Health and Disease. Andoza:Нп3. 
  3. „Antibody Basics“. Sigma-Aldrich. 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-dekabr.
  4. Stadlmann J., Pabst M., Kolarich D., Kunert R., Altmann F. Analysis of immunoglobulin glycosylation by LC-ESI-MS of glycopeptides and oligosaccharides. (англ.) // Proteomics. — 2008. — July (vol. 8, no. 14). — P. 2858—2871. — doi:10.1002/pmic.200700968. — PMID 18655055. [исправить].
  5. Mallery D. L., McEwan W. A., Bidgood S. R., Towers G. J., Johnson C. M., James L. C. Antibodies mediate intracellular immunity through tripartite motif-containing 21 (TRIM21). (англ.) // Proceedings Of The National Academy Of Sciences Of The United States Of America. — 2010. — 16 November (vol. 107, no. 46). — P. 19985—19990. — doi:10.1073/pnas.1014074107. — PMID 21045130. [исправить]
  6. Meulenbroek A. J., Zeijlemaker W. P.. Human IgG Subclasses: useful diagnostic markers for immunocompetence. SanquinLaboratory for Experimental and Clinical Immunology University of Amsterdam, the Netherlands, 1996 — 7 bet. ISBN 978-90-5267-011-9.  (Wayback Machine saytida 2014-03-02 sanasida arxivlangan) „Архивированная копия“. 2014-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  7. Finkelman F. D. Anaphylaxis: lessons from mouse models. (англ.) // The Journal Of Allergy And Clinical Immunology. — 2007. — September (vol. 120, no. 3). — P. 506—515. — doi:10.1016/j.jaci.2007.07.033. — PMID 17765751. [исправить]
  8. Collins A. M., Jackson K. J. A Temporal Model of Human IgE and IgG Antibody Function. (англ.) // Frontiers In Immunology. — 2013. — Vol. 4. — P. 235—235. — doi:10.3389/fimmu.2013.00235. — PMID 23950757. [исправить]
  9. Gao Z. H., McAlister V. C., Wright Jr. J. R., McAlister C. C., Peltekian K., MacDonald A. S. Immunoglobulin-G subclass antidonor reactivity in transplant recipients. (англ.) // Liver Transplantation : Official Publication Of The American Association For The Study Of Liver Diseases And The International Liver Transplantation Society. — 2004. — August (vol. 10, no. 8). — P. 1055—1059. — doi:10.1002/lt.20154. — PMID 15390333. [исправить]
  10. Mallery DL, McEwan WA, Bidgood SR, Towers GJ, Johnson CM, James LC (2010). "Antibodies mediate intracellular immunity through tripartite motif-containing 21 (TRIM21)". Proceedings of the National Academy of Sciences, USA. 107 (46): 19985–19990. Bibcode:2010PNAS..10719985M. doi:10.1073/pnas.1014074107. PMC 2993423. PMID 21045130.
  11. Understanding Viruses, 2nd, Andoza:Нп3. ISBN 978-0-7637-8553-6. 
  12. „Five Things Physicians and Patients Should Question“. Choosing Wisely: an initiative of the ABIM Foundation. American Academy of Allergy, Asthma, and Immunology. 2012-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-avgust.

Adabiyotlar tahrir

Galaktionov V. G. Immunologiya. — M.: Izdat. sentr „Akademiya“, 2004. — 528 s. — ISBN 5-7695-1260-1.

Havolalar tahrir