Imomlik, imomat (arab. — boshqarmoq) — 1) musulmon teokratik davlatining umumiy nomi. Islom evolyusiyasi jarayonida I. haqidagi tasavvur ham oʻzgarib borgan. Ilk islomda Muhammad (sav) va xalifalar musulmonlar jamoasida maʼmuriy hokimiyat va diniy rahnamo(imom)likni birga qoʻshib olib borgan. Keyinchalik xalifalar hokimiyatida maʼmuriy rahbarlik asosiy oʻrin egallagan. Diniy hokimiyat — I. esa nomigagina saqlanib qolgan. Shia mazhabida I. faqat Muhammad (sav) avlodidan boʻlgan (Ali va Fotima avlodlari) shaxsning diniy va maʼmuriy hokimiyati hisoblangan; 2) Dogʻiston va Chechenistonda mu-ridlar davlati, 19-asrning 20-y.lari oxirida chorizmning mustamlakachilik siyosatiga qarshi Shim. Kavkaz xalqlarining kurashi davrida paydo boʻlgan. Imomlari: Gʻozi Muhammad (1828—32), Hamzatbek (1832-34), Shomil (1834— 59); 3) namoz vaqtida jamoat oldida turib ibodatni boshqarish, imomlik qilish.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil