Indira Gandi (toʻliq ismi Indira Priyadarshni Neru; 1917.19.11, Ollohobod — 1984.31.10, Dexli) — Hindistonning siyosat va davlat arbobi. J. Nerunint qizi. Shveysariya, Angliya va Hindiston oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olgan. 1938 yildan Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiyasi aʼzosi. Ingliz mustamlakachilik istibdodiga qarshi kurashda faol qatnashgan. 1947 yilda Hindiston mustaqillikka erishgach, xotin-qizlar harakatida ishtirok etgan. G. 1959—60 yillarda HMK raisi, L. B.

Ulacmpu hukumatida axborot va radioeshittirish vaziri (1964—66), bosh vazir (1966—77). 1977 y.ning mart oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida HMK magʻlubiyatga uchradi va hokimiyatni qoʻldan boy berdi. 1977 y.dekabrda yuz bergan ichki ziddiyatlar natijasida HMK ikkiga boʻlinib ketdi va G. 1978 y.ning yanvarda oʻz tarafdorlarining HMK (I) yangi partiyasini tuzdi va uning raisi etib saylandi. 1980 yil muddatidan ilgari boʻlib oʻtgan saylovlarda HMK(I) gʻalaba qildi va G. yana bosh vazir lavozimini egalladi. G. terrorchilar tomonidan otib oʻldirilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.