Ingibitorlar (lot. inhibeo -toʻxtataman, ushlab turaman), biologiyada — tirik organizmda, shuningdek, hujayrasiz sistemalarda fermentlar faolligini susaytiradigan moddalar. I.ning tabiiy va sintetik xillari bor. Organizmda moddalar almashinuvi mahsulotlari tabiiy I. va-zifasini oʻtashi mumkin. Fermentlarning katalitik taʼsirini oʻrganish, oqsillar funksional guruhlarining tabiati hamda moddalar almashinuvida har xil fermentativ jarayenlarning ahamiyatini aniqlash maqsadida I. koʻp ishlatiladi. I. katta amaliy ahamiyatga ega. Mas, zararkunanda hasharotlar va begona oʻtlarga qarshi kurashda foydalaniladigan zaharli kimyoviy moddalarning samarasi bu moddalarning za-rarkunandalar hayoti uchun muhim boʻlgan jarayonlarni susaytirishi bilan bogʻliq. Baʼzi dorilarning taʼsir etish mexa-nizmi ham ularning organizmdagi fermentativ reaksiyalarni toʻxtatishiga asoslangan. Kengroq maʼnoda "I." termini murakkab jarayonlarni tuxtatuvchi yoki susaytiruvchi moddalarni ifodalash uchun ishlatiladi (mas, oʻsimliklarning oʻsish ingibitorlari, korroziya ingibitorlari, kimyoviy ingibitorlar).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil