Innokentiy Kandalov
Innokentiy Ivanovich Kandalov [1891.21.1(2.2), Yeniseysk - 1962.30.9, Moskva] — gidrotexnik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1952), professor (1952), texnika fanlari doktori (1962). Petrograd politexnika institutini tugatgan (1917). Volxov GES qurilishida (1919—27), Dneproqurilish (1927—33), Chirchiqqurilish, Svirqurilishda (1933—49), Moskva energetika institutida (1949-yillan) ishlagan. Asosiy ilmiy ishi gidrotexnik qurilishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan.[1]
Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |