INULIN (C6H10Os)n — polisaxaridlar guruhiga mansub organik modda. D-fruktoza polimeri. Kimyoviy tarkibi jihatdan kraxmalga yaqin, ammo kleyster hosil qilmaydi va yod bilan boʻyalmaydi. Chuchmal. Mol. m. 5000—6000. Yer noki (topinambur), kartoshkagul, sachratqi va b. oʻsimliklarning , asosan, yer osti qismlarida bor. Kraxmal kabi zaxira uglevod hisoblanadi. Odam organizmi I.ni oson oʻzlashtiradi. Tibbiyotda kraxmal va qand oʻrnida, sanoatda fruktoza olish uchun ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Inulin inson organizmiga qanday tushsa,shundayligicha ózgarmay chiqib ketadi.Ya'ni oqsillar yoki uglevodlar bn birikmaydi.Sekretsiya qilinmaydi,ôzlashtirilmaydi,reabsorbsiyalanmaydi.