77
Иридий
Ir
192,217
4f145d76s2

IRIDIY (yun. iris, iridos — kamalak; lot. Indium), Ir — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element, platina metallari turkumiga kiradi. Tartib rakami 77, atom massasi 192,22. Tabiiy Iridiy ikkita barkaror izotopdan tashkil topgan: "Chg (37,3%) va |931g (62,7%). Iridiyning atom radiusi 0,135 nm; ion radiusi (koordinatsion soni 6 ga teng): Ir3t 0,082 nm, Ir*+ 0,077 nm va 1g5+ 0,071 nm. Iridiy — siyrak element. Yer poʻstida massa jihatidan 1 • 10~7% ni tashkil qiladi. Tabiatda Iridiy va osmiy tutgan minerallar tarki-bida uchraydi. Iridiyni 1804-yilda ingliz kimyogari Iridiy Tennat kashf etgan. Iridiy Och kumushrang metall. Suyuqlanish temperaturasi 2447°, kaynash temperaturasi 4380°; zichligi 22,65 g/sm3 (20°), suyuq holatdagi Iridiyni-ki 19,39 g/sm3. Iridiy qattiqva moʻrt; Vik-kers boʻyicha qattiqligi 2000 MPa, Brinsel boʻyicha esa 1700—2200 MPa. Oddiy sharoitda havoda barqaror, kislotalar taʼsiriga chidamli. Kislorodli muhitda 600—1000° da qizdirilganda oz miqdorda dioksid 1gO2 hosil qiladi. IrO2 — qora rangli modda, zichligi 11,655 g/sm3, parchalanish temperaturasi 1100° dan yuqori. 1g2O3 — toʻq havorang kristall modsa; 400° da metall Iridiy va kislorodga ajraladi. Iridiy oksidlari suv, kislotalar va ishqorlarda erimaydi; mikroelektronikada rezistiv pastalar tayyorlashda qoʻllaniladi. Iridiy galogenlar, oltingugurt bilan birikib tegishli galogenidlar va sulfidlar hosil qiladi. Sof xrldagi Iridiy maxsus idishlar yuzasini qoplashda, monokristallar (lazer materiallar, qimmatbaho toshlar va boshqalar) oʻstirishda ishlatiladigan tigellar tayyorlashda qoʻllaniladi. Uning "21g radioaktiv izotopi quvurlarni radiografik usudda tekshirishda, shuningdek, tibbiyotda oʻsmalarni radioterapiya usulida davolashda u-nurlar sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil