Irma dovuli — 5-darajali kuchli atlantik tropik sikloni. 2010-yilgi "Juliya[1]" dovulidan soʻng, birinchi eng katta sharqiy Atlantik okeanida paydo boʻlgan dovul va 2017-yilgi Atlantik dovullar mavsumining ikkinchi yirik dovuli. Tarixdagi 5-darajali dovulardan eng koʻp davom etgani va atlantika dovularidan eng kuchlisi.

Irma dovuli
5-darajali dovul
Shakllanishi 30-avgust 2017
Parchalanishi 12-sentabr 2017
Maksimal shamol 185 mph (295 km/s)
(1 daqiqa har doim)
260 mph (415 km/s)
(birdan kuchayishi)
Pastki bosim ≤ 925 nbar (gPa);
694,56 mm HG
Oʻlimlar 134
Jarohatlar ?
Ziyon $64,760 mlrd (2017 AQSh Dollari)

Irma — Afrika mintaqasida kuchli tropik toʻlqinlar chiqishida Kabo-Verde orollarida 30-avgust 2017-yili paydo boʻlgan. Qulay sharoitlar sababli 24 soat ichida Irma dovuli ikkinchi daraja xavfiga tushdi. 5-sentabr kuni Irma juda yirik 5-darajali dovulga aylandi. Shamolning tezligi 295 km/s yetdi (shamolning kuchayishi 360 km/s yetdi), bu Irmani eng kuchli atlatik tropik sikloniga aylatirda, 2005-yilgi "Vilma" dovuli paytidan soʻng[2][3][4].

Irma dovuli Barbuda, Sen-Bartelemi, Sen-Marten, Angilya, Virginiya orollari, Terks va Kaykos va Bagama orollarining janubiy hududida juda ogʻir vayronalarga olib keldi[5]. Barbuda va Sen-Martenda dovul 90% binolarni xonavayron qilgan, yarimidan koʻp odam uysiz qolgan. Sint-Martenda Juliana Malikasi Xalqaro Aeroporti barbod boʻlgan[6]. Maʼlumotlarga koʻra 8-sentabrda 23 kishi halok boʻlgan.

8 va 9-sentabr tuni dovul Kubaning shimoliy qirgʻoqlariga yetgan va orolning qirgʻoq chizigʻi tomon yoʻl olgan. Shimoliy sharq provinsiyalari ancha vayron boʻlgan[7]. Etralab 10-sentabr kuni u Floridaga yetib borishi kerak. Shtatning janubida 5,6 million odam evakuatsiya qilingan. Shu sabab Mayami dovul vaqtida sharpa-shaharga aynaldi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. https://twitter.com/philklotzbach/status/903355414858919936
  2. https://www.theverge.com/2017/9/1/16239514/hurricane-irma-east-coast-cape-verde-flooding-storm
  3. https://amp.cnn.com/cnn/2017/08/31/us/hurricane-irma-forecast-weather/index.html
  4. https://phys.org/news/2017-08-gpm-satellite-tropical-storm-irma.html
  5. https://www.theguardian.com/world/live/2017/sep/07/hurricane-irma-live-latest-updates-caribbean
  6. https://ria.ru/world/20170907/1501975237.html
  7. http://www.bbc.com/russian/news-41210299