Is tegishi — i sgazi bilan zaharlanish. Kerosin, koʻmir, gaz, oʻtin va b. yoqilgʻilar yonganda kislorod yetishmasa, uglerodning chala oksidlanish mahsuli — SO nafas yoʻllaridan organizmga kirib, qizil qon tanachalaridagi gemoglobin bilan birikishidan karboksigemoglobin hosil boʻladi. Bu modda kislorodni biriktira olmaydi, natijada toʻqima va hujayralarda kislorod yetishmaydi.

Is tekkan kishining boshi qattiq ogʻriydi, koʻzi tinadi, koʻngli ayniydi, darmoni quriydi, gandiraklaydi. Uzoq vaqt is tegib tursa, kishi tamomila holsizlanib, oʻrnidan turolmaydi va pirovardida butunlay hushdan ketadi. Is tekkan kishi tezda sof havoga olib chiqiladi. Nafas olishi toʻxtab qolgan boʻlsa, sunʼiy nafas oldiriladi va darhol "tez yordam" chaqiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil