ZINGER (Singer) Ayzek (Isaak) Bashevis (1904. 14. 7, Polsha, Radzimin — 1991. 24. 7, AQSH, Mayami) — yaxudiy yozuvchisi. Kelib chiqishi polshalik. 1935-yildan AQShda istiqomat qila boshlagan. "Goredagi Iblis" (1935), "Gimpel — ahmoq" (1956), "Qisqa juma kuni" (1965), "Tabaka" (1965), "Kafkaning doʻsti va boshqa hikoyalar" (1969), "Oʻchoq oldidagi hikoyalar" (1971), "Oyina va boshqa hikoyalar" (1975) va b. hikoyalar toʻplamlarining muallifi. "Moskat oilasi" (1950), "Qul" (1957), "Lyublinlik koʻzbogʻlovchi" (1965), "Qoʻrgʻoncha" (1975), "Shosha" (1981) romanlari bor. 3. nasriga xos xususiyat shuki, u oʻz qahramonlarini koʻpincha mubolagʻali holatda tasvirlaydi, aql bovar qilmaydigan mazmun hamda murakkab shakllar uning asarlarida yetakchilik qiladi. Nobel mukofoti laureati (1978).[7]

Isaac Bashevis Singer
Tavalludi 14-iyul 1904[1][2][3]
Vafoti 24-iyul 1991[4][5]
Ijod qilgan tillari Ingliz tili, Esperanto, Idish[4] va Polyak tili
Fuqaroligi AQSh, Polsha[6] va Rossiya Imperiyasi

Manbalar tahrir