Isaakyan Avetik Saakovich (1875.19 (31). 10, Aleksandropol - 1957.17.10, Yerevan) — arman shoiri. Armaniston Fanlar akademiyasi akad. (1943). Seminariyada oʻqigan (1889—92). 1911—36-yilda chet elda yashagan. Armaniston Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvi raisi (1946—57). Dastlabki sheʼr va dostonlarida ijtimoiy zulmga qarshi kurashgan xalq qahramonlari madh etilgan, inson taqdiri, kelajagi haqidagi fikrlar bayon etilgan ("Qoʻshiqlar va jarohatlar", 1897; "Abul Aʼlo al-Maʼarriy", 1909—11 va b.). "Sasna Mger" dostoni (1919, 1937-yilda qayta ishlangan) arman xalq eposi "Sosunli Dovud" mavzusi asosida yaratilgan. "Bizning tarixchilarimiz va bizning gusanlar" (1939), "Vatanim-ga" (1940), "Arman meʼmorchiligi" (1942) va b. turkum sheʼrlari mashhur. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan jangovar ruxdagi sheʼrlari ("Qalbim mening togʻlar choʻqqisida", 1941; "Ulugʻ gʻalaba kuni" 1945 va b.) xalq qoʻshiklariga aylangan. Ayrim asarlari ("Poema va sheʼrlar", 1961; "Abul Aʼlo al-Maʼarriy", 1976) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil