Isadore Singer

amerikalik matematik (1924–2021)

Isadore Singer (talaffuzi: Izador Zinger) (1924-yil 3-may — 2021-yil 11-fevral) — amerikalik matematik. Singer 1962-yilda Michael Atiyah bilan hamkorlikda Atiyah-Singer indeks teoremasini isbotlab, shuhrat qozongan. Ikki olim bu ishlari uchun 2004-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Isadore Singer
Tavalludi 3-may 1924-yil
Detroit, Michigan, AQSh
Vafoti 11-fevral 2021-yil(2021-02-11)
(96 yoshda)
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Massachusetts texnologiya instituti, California universiteti, Berkeley, California universiteti, Los Angeles
Akademik rahbarlari Irving Segal
Mashhur shogirdlari Richard Bishop
Andrew Browder
David Gregory Ebin
Dan Freed
Conan Nai-Chung Leung
John Lott
Hugo Rossi
Linda Linda Rothschild
Gerald Schwarz
Nancy Stanton
Mashhur ishlari Atiyah–Singer indeks teoremasi
Mukofotlari Bôcher Memorial mukofoti (1969)
Milliy fan medali (1983)
Wigner medali (1988)
Steele mukofoti (2000)
Abel mukofoti (2004)
Turmush oʻrtogʻi Rosemary Singer (1956)

Singer avval Michigan universitetida, keyin Chicago universitetida tahsil olgan. Soʻnggra Berkeleydagi California universitetida, keyinchalik Massachusetts texnologiya institutida ishlagan[2][3][4]. 1980-yillarda Shiing-Shen Chern va Calvin Moore bilan Matematika fanlari tadqiqot institutiga (inglizcha: Mathematical Sciences Research Institute, MSRI) asos solgan[5][6].

Singer 2000-yil Steele mukofoti bilan taqdirlangan. Olim AQSh Milliy fanlar akademiyasining, Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining hamda Amerika matematika jamiyatining toʻliq aʼzosidir.

Manbalar tahrir

  1. Devlin, Keith „Abel Prize Awarded: The Mathematicians' Nobel“. Devlin's Angle. Mathematical Association of America (april, 2004-yil). 2012-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
  2. „Isadore Singer“ (en). math.mit.edu. Department of Mathematics, MIT. Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
  3. „Isadore M. Singer | Department of Mathematics at University of California Berkeley“ (en). math.berkeley.edu. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  4. „Singer biography“. www-history.mcs.st-andrews.ac.uk. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  5. MSRI „Mathematical Sciences Research Institute“. www.msri.org. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  6. „Shiing-Shen Chern“ (en). Institute for Advanced Study. Qaraldi: 20-aprel, 2018-yil.

Havolalar tahrir