Isatay (tuman, Atirau viloyati)

Isatay tumani — Atirau viloyatining shimoli-gʻabbiy qismida joylashgan.

Isatay tumani
Исатай ауданы
tuman
Tarkibida Atirau viloyati
Maʼmuriy markazi Aqqistau
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Suyneshov Zulbuxar Maqsatovich
Aholi (2010) 25 249[1] (7-oʻrin)
Zichligi 1,6 kishi./km²
Maydoni 14 700 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71231
Pochta indeksi 060300-060305[2]
Avtomobil raqami kodi E, 06
Xaritada
Isatay tumani xaritada
Koordinatalari: 47°13′18″N 51°0′23″E / 47.22167°N 51.00639°E / 47.22167; 51.00639 G O

Umumuy maʼlumot tahrir

Tuman 1928-yili tashkil topgan. Hududii 14,7 ming km². Aholisi 24,3 ming kishi, aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 1,6 kishidan toʻgʻri keladi (2008). Tuman markazi — Aqqistau qishlogʻi. Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining Boʻkeyoʻrda tumani bilaan, gʻarbida Qurmangʻazi, shimolida Inder, sharqida Maxambet tumanlari bilan, janubida Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.

Foydali qazilmalari tahrir

Asosiy foydali qazilmalari neft va gaz. Ularning asosiy qazib olinadigan joyi tumanning janubi-shbarqiy tarafida, Kaspiy dengizining yoqasiga yaqin joylashgan.

Qishloqlari va avtomabil yoʻllari tahrir

Eng yirik qishloqlari: Aqqistau, Aqtoʻgʻay, Janbay, Manash, Isatay, X.Yergʻaliev, Chapaev qishloqlari. Sanoati 1968-yili Martishi neft-gaz qazilmalarini qazib olish asosida neft zavodini barpo etish bilan bogʻliq rivojlandi. Bundan keyin foydalanishga Zaburune, oktabr, Rovnoe neft-gaz kon joylari berildi, uzunligi 85,6 km Atirau — Martishi neft quvuri ishga tushirildi. Tumanning janubiy tarafidan Atirau — Astraxan temir yoʻl va avtomobil yoʻli, Qigʻash — Atirau daryo suv quvuri oʻtadi[3].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir