Isfahon miniatyura maktabi — 16— 17-asrlar chegarasida Isfahon (Eron)da safaviy shoh Abbos 1 saroyida shakllangan miniatyura maktabi. Mahalliy badiiy maktab xususiyatlarini oʻzlashtirgan I. m. m. ayni vaqtda oʻz asrining yangi badiiy gʻoyalarini ifodalagan. Yangi ifoda vositalari va mazmun (syujetlar) izlash natijasida anʼanaviy miniatyuraga yangi ruh, yoʻnalish bagʻishlagan, kitob illyust-ratsiyasi doirasidan chiqib, muraqqa (albom)larda, alohida varaqlarda rasmlar ishlana boshlagan. Musavvirni insonning ruhiy olami qiziqtira boshlashi manzaralar bilan boyitilgan portretlar, chiziklariga eʼtibor qara-tilgan rasmlarni yaratishga olib kelgan. 17-asrning yirik musavvirlaridan Rizo Abbosiy ("Choʻpon", 1634, Sankt-Peterburgda) I. m. m. uslubini yaratuvchilaridan boʻldi. U Eron miniatyuralaridagi rangdor boʻyoqlardan voz kechib, yangi tasvir vositalari (chiziqlar, shakllar)ga murojaat etgan, na-tijada rasm birinchi oʻringa oʻtib, rang bir oz yengil tus sifatidagina qoʻllanilgan. Keyinchalik I. m. m. (Muhammad Qosim, Afzal ulhusayniy, Muhammad Yusuf va b. ijodi)da shakllar yirik, hayotiy lavxalar va manzara yanada real ifodalangan, kiyimlar bezagi va zamin tasvirida zarhaldan keng foydalanilgan, yangi mazmun bilan boy-itilgan asarlar yaratish harakterli boʻlgan. 17-asr 70-y.laridan yevropa rangtasvirining taʼsiri kuchaygan. Muhammad Zamon, Ali Qulibek Jabbor va b. asarlarida nursoyaning ayrim xususi-yatlari kuzatiladi, xristian mifologiyasi mavzui koʻplab uchraydi. 18-asr boshlariga kelib I. m. m.da "evropalashtirish"dan iborat yoʻnalish yetakchi oʻrin egallagan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil