Isitma — odam va issiq qonli hayvonlar organizmining qoʻzgʻatuvchi omillar (xususan, mikroblar)ga nisbatan maxsus reaksiyasi; himoyalanish usullaridan biri. Gavda temperaturasining koʻtarilishida namoyon boʻladi, koʻpgina kasalliklarda kuzatiladi. Gavda temperaturasining koʻtarilishi bilan oʻtadigan hamma kasalliklar qadimdan I. deb atalgan. I. hozir mustaqil kasallik deb hisoblanmasa ham, baʼzi kasalliklar hamon I. deb ataladi (mas, bezgak isitmasi, iskabtopar isitmasi, Ku isitmasi). I.ning infeksion va noin-feksion xillari farq qilinadi. I. yuqumli kasalliklarda ham, yuqumsiz kasalliklarda ham chiqaverishi mumkin.

Koʻpincha kasallik mikroblari (va viruslari) chiqargan modsalar va ularning parchalanish mahsulotlari, orga-nizmga hazm yoʻlidan boshqa yoʻl bilan kiritilgan yot oqsillar (baʼzan vak-sinalar)ning parchalanish mahsulotlari, shuningdek, organizmning oʻz toʻqima va hujayralari shikastlanganda (mas, ichga qon quyilganda, jarohatlanishda, toʻqimalar ezilganda va h. k.) hosil boʻladigan moddalar taʼsirida I. chiqadi. Organizmda moddalar almashinganda kimyoviy reaksiyalar roʻy berishi toʻfayli baʼzi aʼzolarda, mas, jigar va muskullarda doim issiklik hosil boʻlib turadi, shundan maʼlum bir qismining badanda ushlanib qolishi gavda temperaturasining koʻtarilishiga sabab boʻladi. Yuqorida aytilgan moddalar bosh miyadagi termoregulyasiya markaziga bevosita yoki retseptorlar orqali taʼsir etganda I. paydo boʻladi. Gavda temperaturasi tez koʻtarilganda teri tomirlari torayib (spazm), sovuq seziladi va muskullar titraydi (qarang Jun-jish). Gavda temperaturasi juda yuqori koʻtarilgan vaqtda organizmdan issikdik chiqib ketishi kuchayib, issiqlik hosil boʻlishi vaqtincha muvozanatlanadi. temperatura tushayotganda organizmdan issiklik chiqib ketishi yanada kuchayadi (badan terlaydi, teri tomirlari kengayadi). temperatura birdaniga — juda tez (kritik) yoki sekin-asta (litik) tushishi mumkin.

Baʼzi mikrob zaharlarining katta dozalari termoregulyasiya markazini qoʻzgʻatgach, ketidan susaytirishi mumkin. Shu sababli kasallik (mas, dif-teriya)ning ogʻir — toksik xili deyarli. I.siz oʻtishi mumkin. Keksalar va ozgʻin, bedarmon kishilar ogʻir infeksion kasalliklar bilan ogʻriganda baʼzan I. chiqmaydi.

Gavda temperaturasining koʻtarilish darajasiga qarab I. subfebril (38° dan past), oʻrtacha (39,5° gacha), yukrri yoki baland (4 G gacha) va, baʼzan, haddan tashqari yuqori (41° dan ortiq) boʻladi. Gavda temperaturasining 40—4G gacha koʻtarilishi bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, ishtaha boʻgʻilishi, meʼda sekretsiyasining susayishi va boshqa hodisalarga sabab boʻlsada, hayot uchun xavfli emaye Lekin isitmali baʼzi kasalliklarda bemorning alaxlashi, behush boʻlib qolishi, moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilishning buzilishi, asosan, temperaturaning koʻp koʻtarilishiga emas, balki shu kasallikdagi intoksikatsiya xususiyatlariga va shuning natijasida orga-nizmdagi turli funksiyalarning buzilish darajasiga bogʻliq. Bu holda be-mor atrofida hamshira yoki boshqa tibbiyot xodimi, shuningdek, bemorning yaqin kishilari boʻlib sovuq kompress qoʻyishi va bexosdan oʻrnidan turib ket-masligini nazorat qilib turishi shart.

Kasallik sababini bartaraf qilmay turib, isitmani sunʼiy yoʻl bilan tushirish bemorning kayfiyatini yaxshilasa ham, naf bermaydi, aksincha, tashhis (diagnoz) ni qiyinlashtiradi. I. chiqqanda organizmning immun xususiyatlari kuchayib (qarang Immunitet), infeksion jarayonlar susayadi, shu bois ayrim hollarda (zaxmning 4-bosqichi, epidemik ensefalit va boshqalar) davo maq-sadida sunʼiy I. yuzaga keltiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil